Benjamin Disraeli, graf Bikonsfild (1804.21.12 — London — 1881.19.4) — Buyuk Britaniya bosh vaziri (1868 va 18741880), Konservatorlar partiyasining rahbari; yozuvchi. 1852, 1858—59, 1866—68 yillarda moliya vaziri. D. hukumati mustamlaka-bosqinchilik siyosatini olib borgan (1878-yil Kiprni bosib olgan, Misrni egallab olish uchun zamin hozirlagan). "Koningsbi" (1844), "Sibilla yoki Ikki millat" (1845) kabi siyosiy romanlarida sotsial ziddiyatlarni yumshatishda aristokratiyaga yetakchi oʻrin ajratgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil