Benjamin Pavard (talaffuzi: Benjamin Pavard; 1996-yil 28-martda Fransiyada tugʻilgan) — fransuz futbolchisi, Germaniyaning „Bayern München“ futbol klubi himoyachisi. Fransiya terma jamoasi futbolchisi.

Benjamin Pavard
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Benjamin Jacques Marcel Pavard
Tavallud sanasi 28-mart 1996-yil (1996-03-28) (28 yosh)
Tavallud joyi Maubeuge, Fransiya
Boʻyi 1.86 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bayern Munich
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2005 US Jeumont
2005—2015 Lille

Klublardagi faoliyati tahrir

Pavard olti yoshida futbol oʻynashni boshlagan. Toʻqqiz yoshida u „Lille“ futbol klubi akademiyasiga koʻchib oʻtgan va uni 2015-yilda tugatgan[1].

2014-yildan buyon „Lille“ futbol klubining o‘yinchisi boʻlgan. 2014-yilning 30-avgustida „Arras“ futbol klubiga qarshi bahsda debyut qilgan va ikki mavsumda jami 19 ta uchrashuv o‘tkazgan. 2014—2015-yilgi mavsumdan boshlab u asosiy jamoada faoliyat olib borgan. 2015-yilning 31-yanvarida u „Nantes“ futbol klubiga qarshi bahsda debyut qilgan. Hammasi boʻlib, u debyut mavsumida sakkizta oʻyin oʻtkazgan. 2015—2016-yilgi mavsumda u 13 ta oʻyinda ishtirok etgan edi. U asosiy zaxira oʻyinchisi edi va koʻpincha asosiy tarkibda maydonga tushgan oʻyinchilar jarohat olganda, ushbu oʻyinchi ularning oʻrniga maydonga tushgan.

Xalqaro faoliyati tahrir

Benjamin Pavard Fransiyaning yoshlar terma jamoalariga jalb qilingan. U 2015-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan hamda ikkita uchrashuvda maydonga tushgan. Jamoa bilan birgalikda yarim finalga chiqdi. Benjamin Pavard 2017-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash turnirida ham ishtirok etgan.

2017-yilning kuzida Benjamin Pavardni Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Germaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari tarkibiga kiritgan[2]. Benjamin Pavard xalqaro maydondagi debyutini 10-noyabr kuni o‘tkazgan va Germaniyaga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan.

Futbolchi Argentina terma jamoasi darvozasiga ham gol urgan, keyinchalik bu gol turnirning eng yaxshi goli deb topilgan.


Statsitika tahrir

Jamo Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Lille O. S. C.  Fransiya 2014—2015 8 0 0 0 0 0
2015—2016 13 0 4 0 0 0
Jami 21 0 4 0 0 0
VfB Stuttgart  Germaniya 2016—2017 21 1 0 0 0 0
2017—2018 34 1 2 0 0 0
2018—2019 31 0 0 0 0 0
Jami 86 2 2 0 0 0
Bayern de Múnich  Germaniya 2019—2020 32 4 7 0 8 0
2020—2021 24 0 2 0 10 1
2021—2022 25 0 1 0 10 0
2022—2023 13 1 2 1 6 2
Jami 94 5 12 1 34 3
            Umumiy faoliyatida 201 7 18 1 34 3

Manbalar tahrir

  1. „Arras - Lille Olimpique“ (en). 2018-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20 июля 2016.
  2. „Benjamin who? Pavard is surprise inclusion in France squad“ (en). Fox Sports (2017-yil 7-noyabr). 2017-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-yanvar.