Berlin — Oqqoʻrgʻon

Zulfiqor Musoqov rejissyorligidagi badiiy film

Berlin — Oqqoʻrgʻon — 2018-yilda rejissyor Zulfiqor Musoqov tomonidan suratga olingan toʻliq metrajli badiiy film. „O‘zbekkino“ milliy agentligi buyurtmasiga asosan, „O‘zbekfilm“ kinostudiyasida ishlab chiqarilgan. Filmda 1941—1945-yillarda kechgan Ikkinchi jahon urushida o‘zbek o‘g‘lonlari, shuningdek, O‘zbekiston xalqining front ortidagi mehnatlari aks ettirilgan[2][3][4].

Berlin — Oqqoʻrgʻon

Film posteri
Rejissyor(lar) Zulfiqor Musoqov
Ssenariynavis(lar) Zulfiqor Musoqov
Rollarda Hasan Shuhratov
Mahliyo Asqarova
Nigora Karimboyeva
Raʼno Shodiyeva
Toʻti Yusupova
Shahzoda Matchonova
Bastakor(lar) Mariya Musoqova
Operator(lar) Seyran Kovalov
Postanovkachi
rassom(lar)
Sergey Chufarnov
Studiya(lar) O‘zbekfilm
Chiqarilgan sanasi 2018-yil 19-dekabr
Davomiyligi 116 daqiqa
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Byudjeti 2 441 580 000 so‘m (293 ming dollar)[1]

Yaratilish tarixi

tahrir

Rejissyor Zulfiqor Musoqov film ssenariysi ustida ikki yil ishlaganini va oʻz faoliyatidagi soʻnggi film boʻlishini maʼlum qilgan. Film bunday nomlanishiga sabab sifatida ota-onasi Oqqoʻrgʻonda tugʻilib oʻsgani va avlodlari qabri shu yerdaligini aytgan[5]. Film uchun olti yil tayyorgarlik koʻrilgan, arxiv materiallari oʻrganilgan. Suratga olish ishlari esa bir yarim yil davom etgan[6].

Rollarda

tahrir
Aktyor Rol
Hasan Shuhratov Qo‘zivoy Shodiyev Qo‘zivoy Shodiyev
Ahror Rahimov Qo‘zivoy (keksaligi) Qo‘zivoy (keksaligi)
Rayhon Asadova Gulshoda Norboyeva Gulshoda Norboyeva
Nigora Karimboyeva Nodira Nodira
Nugzar Davitashvili Stalin Stalin
Rudolf Shvarsenberg Gitler Gitler
Grigoriy Goldman Meyyerxold Meyyerxold
Kristina Korubko Rays Rays
Yelena Orexova Kichik Debora Kichik Debora
Anton Korablyov Hans Hans
Sergo Sutyagin Hans (keksaligi)[1] Hans (keksaligi)[1]

Mukofotlari

tahrir

Film 2019-yilda Rossiya kinoakademiyasining „Nika“ mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan[7]. Shuningdek, „MDH va Boltiqbo‘yi davlatlarining eng yaxshi filmi“ yo‘nalishida mukofotga da’vogarlik qilgan[8].

Manbalar

tahrir