Leonard Bernstein
(Bernstayn Leonarddan yoʻnaltirildi)
Leonard Bernstein (talaffuzi: Leonard Bernstayn) (1918-yil 25-avgust, Lawrence – 1990-yil 14-oktyabr, Nyu-York) – AQSh bastakori, pianinochisi, dirijyor, musiqa targʻibotchisi. 1943-yildan boshlab Nyu-Yorkdagi simfonik orkestrlarni boshqarib, Amerika, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida gastrollarda boʻlgan. 1954-yildan teleekran orqali doimiy suhbatlar uyushtirib, jahon musiqasi durdonalarini izchil targʻib qilib kelgan. Bastakor sifatida Bernstein deyarli barcha janrlarda ijod qilgan. Bernsteinning mashhur myuzikllari orasida „Westside Story“ („Vestsayd voqeasi“) (1957) koʻp mamlakatlarda sahnalashtirilgan, uning asosida film yaratilgan.
Leonard Bernstein | |
---|---|
Tavalludi |
Louis Bernstein 25-avgust 1918-yil Lawrence, Massachusetts, AQSh |
Vafoti |
14-oktyabr 1990-yil (72 yoshda)[1][2][3] Nyu-York, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Bastakor |
Turmush oʻrtogʻi |
Felicia Montealegre (turm. 1951; vaf. 1978) |
Bolalari | 3 |
Otasi | Samuel Joseph Bernstein |
Onasi | Jennie Resnick |
Imzosi | |
Manbalar
tahrir- ↑ „Died On This Date (October 14, 1990) Leonard Bernstein / World Renowned Composer The Music's Over“ (2009-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 3-may.
- ↑ Stanton, Scott. The Tombstone Tourist: Musicians. Simon & Schuster, September 1, 2003. ISBN 978-0-7434-6330-0.
- ↑ Henahan, Donal. „Leonard Bernstein, 72, Music's Monarch, Dies“ (1990-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
Adabiyotlar
tahrir- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.