Besh tashabbus olimpiadasi
Besh tashabbus olimpiadasi- Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan ommaviy musobaqa va tanlovlarni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi „Mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-201-son qarorining 4-xatboshi „a“ bandi asosida har yili anʼanaviy tarzda amalga oshiriladi [1]. Har yili 1 marotaba mart-dekabr oylari davomida tashkil etiladi.
Musobaqa va tanlovlar
tahrirBesh tashabbus olimpiadasida 26 ta loyihalarni oʻz ichiga oladi. Loyihalarning 13 tasi tanlovlar boʻlsa, 13 tasini sport musobaqalari tashkil etadi. Olimpiada besh bosqichda oʻtkaziladi. Jumaladan, mahalla-sektor-tuman (shahar)-hududiy-respublika bosqichlari. Oʻzbekistonda yashovchi 14-30 yoshdagi barcha yoshlar loyihalarda ishtirok etishlari mumkin. 2023-yildan olimpiada umumtaʼlim maktablari, professional taʼlim muassasalari hamda oliy taʼlim muassalarida oʻqiydigan yoshlar oʻrtasida alohida oʻtkazilishi boshlandi. 2024-yildan korxona va tashkilotlarda faoliyat yurituvchi yoshlar oʻrtasida ham tashkil etiladi. 2023-yil 15-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻtkazilgan yi’gʻilishda berilgan maʼlumotiga koʻra, 2023-yilda 12 millionga yaqin yoshlar ishtirok etgan boʻlib gʻolib, gʻolib boʻlgan yoshlarning mahallarida 623 ta sport maydonachi barpo etilgan[2]. 13 ta sport musobaqalari (yengil atletika, stol tennisi, vorkout, shaxmat, shashka, armrestling, gimnastrada, stritbol, futbol, voleybol, kurash, paralimpiada), 13 ta tanlovlar (kibersport turniri, yosh kitobxon oila, mushoira, yosh kitobxon, zakovat intellektual oʻyini va ibrat chet tillari, novvoychilik, yosh quruvchi, dizaynerlik, elektromantaj ustasi va payvandlash ustasi kasblar tanlovlari), shuningdek imkoniyati cheklangan, nogironligi bor yoshlar oʻrtasida paralimpia musobaqalari oʻtkaziladi.
Tashkilotchilari
tahrirOlimpiadaning bosh tashkilotchilari Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi hamda tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar hisoblanadi.
Ragʻbatlantirish
tahrirOlimpiadaning sport musobaqalari gʻoliblari istiqomat qiladigan mahallarda sport maydonchalari barpo etiladi. Tanlov gʻoliblariga esa belgilangan miqdorda pul mukofotlari hamda xalqaro tanlovlarda qatnashish uchun yoʻllanma taqdim etiladi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida“. lex.uz. Qaraldi: 7-avgust 2024-yil.
- ↑ „Ёшлар билан ишлаш тизими бўйича ахборот берилди“. president.uz. Qaraldi: 7-avgust 2024-yil.