Beshyog'och mahallasi
Beshyogʻoch mahallasi—Chilonzor tumanidagi mahalla(Olmazor berk koʻchasi,1). „Gʻofur Gʻulom“ va „Olmazor“mahallari bilan chegaradosh.2007-yil 2-avgustgacha „Gulobod“nomi bilan yuritilgan. Mahalla hududida shaharning Beshyogʻoch darvozasi boʻlgan. Aholisi 1450 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek,20 dan ortiq millat vakillari yashaydi(2009). Mahalla hududida 23 ta turli tashkilotlar, jumladan"Beshyogʻoch pivo"ochiq aksiyadorlik jamiyati,Beshyogʻoch bozori,Respublika taʼlim markazi,Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy bogʻi,Oʻzbekiston Respunlikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va boshqalar mavjud[1].
Beshyog'och Beshyog'och mahallasi | |
---|---|
Mahalla | |
Mamlakat | O'zbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Chilonzor |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 (71) |
Pochta indeks(lar)i | 700066 |
Avtomobil kodi | 01 |
Manbalar
tahrir- ↑ Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 118-bet.