"Besuyak" – I) Oʻzbek xalq sirk sanʼati janrlaridan. XVIII-XIX asrlarda taraqqiy topgan; II) tanani egibbukish mashqining ustasi, muallaqchi. XIX asr oxiri – XX asr boshida Solih Poʻlatov, Mirbuva, Nosir Niyozmat kabi yirik „Besuyak“lar oʻtgan. Hamdamxon bachcha, Dakanxon, Joʻracha singari taniqli raqqos(a)lar ham „Besuyak“, boʻlishgan. „Besuyak“, orqaga egilib boshni oyoqlar orasidan oldinga chiqarib olish, oyoqlarni yozib, „koʻprik“ boʻlish, kalla, tana, qoʻl va oyoqlarni navbatma-navbat halqalar orasidan oʻtkazish, orqaga egilib, kipriklari bilan yerdagi kumush tangani olish, oyoqlarni boʻyinda chalkashtirib, qoʻl bilan yurish kabi murakkab akrobatik shakllarni mohirona bajaradi. Besuyak – tomoshalari bozor maydoni, sayilgoh va toʻyxonalarda kichik sholcha ustida surnay yoki doira joʻrnavozligida koʻrsatilgan. Keyinchalik „Besuyak“lar anʼanasini aka-uka Rahmon va Parzin Abduxalilovlar, Karim Zarifov, Rasuljon Rahmonov va boshqalar davom ettirdilar. Besuyakning ayrim shakllari hozirgi oʻzbek sirki tomoshalarida ham uchraydi. (Yana qarang Akrobatika)

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil