Bibi Orifa majmuasi – Buxoro viloyati, Kogon tumani, Qasri Orifon qishlogʻida joylashgan meʼmoriy majmua. Minora XIX-XX asrlar oraligʻida tiklangan. Majmua Bahouddin Naqshband meʼmoriy majmuasidan yarim kilometr shimoli-sharq tomonida joylashgan[1]. Majmua markazida Bibi Orifa masjidi joylashgan. Bibi Orifa Bahouddin Naqshbandning onasi. Masjid gʻarbiy peshtoqi devori yonida tugʻ koʻtarilgan va u yerda qabr mavjud. Ohaktosh boʻlaklari bilan qadalib chiqilgan hovuz ham bor. Bibi Orifa majmuasi masjid, hovuz, minora, xazira va boshqa binolardan iborat[2]. Majmuada Qasri Orifon masjidi qurilgan. Uning dastlabki tasnifini Zasipkin tuzgan. Zasipkin mahalliy aholi oqsaqollari hikoya qilib bergan rivoyatlarga asoslanib, masjid shifti Qoʻqondan olib kelinganligini yozgan. Masjidning gʻarbiy tomoni mozor joylashgan[2]. Bibi Orifa mozori oldida zioratxona va xazira, atrofi oʻralgan ayvon, xilxona mavjud. Masjid dastlab xom gʻishtdan boʻlgan keyinchalik, uning qoldiqlari ustiga yangi binolar barpo etilgan. Bino poydevorlari yirik toshlardan, pishiq gʻishtlardan terib chiqilgan. Masjid ayvonida mehrob ham bor[3]. Masjid gʻarbiy qismida shurf qazilgan. 2003 va 2013-yillarda Bibi Orifa majmuasida taʼmirlash va qayta tiklash ishlari olib borilgan. Masjidning gʻarbiy tomonida mehrob atrofida Qur’oni Karimdan beshta oyat bitilgan. Binoning shimoli-sharqiy tomonidagi bitiklari va intereri saqlab qolingan. Bibi Orifa xazirasi va masjid shifti mukammal taʼmirlangan[3]. Bibi Orifa majmuasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Majmua qurilishida pishgan gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan foydalanilgan.

Bibi Orifa majmuasi
Muqobil nomlari Bibi Orifa majmuasi

Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obida
Turi majmua
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XIX-XX asrlar
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch


Manbalar

tahrir
  1. „Биби Орифа меъмортй мажмуаси“. naqshband.uz. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 Йўлдошев 2019, s. 86.
  3. 3,0 3,1 Йўлдошев 2019, s. 87.

Adabiyotlar

tahrir
  • Йўлдошев Н., Бобожонов Ш. Баҳоуддин Нақшбанд тарихий меъморий мажмуаси. Тошкент: Наврўз нашриёти, 2019 — 113-bet. ISBN 978-9943-01-716-0. 

Havolalar

tahrir