Birinchi May stadioni
Birinchi May nomidagi Ninnado stadioni (kor. — 綾羅島五月一日競技場, 릉라도5.1경기장) - Shimoliy Koreyaning Pxenyan shahridagi kichik qumli Ninnado orolida joylashgan koʻp funksiyali stadion. Bu 114 000 tomoshabinga mo'ljallangan, umumiy maydoni 207 000 m² bo'lgan, dunyodagi ikkinchi yirik stadion[1]. Pragadagi “Stragov” stadioni nostandart hajmga ega va 220 000 tomoshabinga moʻljallangan boʻlib, hozirda stadion sifatida emas, mashgʻulotlar bazasi sifatida foydalaniladi[2].
릉라도5.1경기장 | |
---|---|
Joyi | Pxenyan, KXDR |
Asos solingan | 1986-yil |
Qachon ochilgan | 1989-yil 1-may |
Qachon taʼmirlangan | 2014-yil |
Egasi | KXDR |
Yuzasi | sunʼiy |
Inshoot narxi | $140 mln |
Hajmi | 114.000 |
Maydon oʻlchami | 22.500 m² |
Maydon egalari | |
Futbol boʻyicha KXDR terma jamoasi |
Asosiy maʼlumotlar
tahrir1989-yilda Yoshlar va talabalarning XIII festivalini o'tkazish uchun qurilgan. Hozirda arenadan KXDR terma jamoasining uy futbol matchlsri, yengil atletika boʻyicha ba’zi musobaqalar oʻtkaziladi, biroq uning asosiy maqsadi «Arirang» ommaviy festivali (ommaviy musiqiy va gimnastika chiqishlari) oʻtkazishdir. Stadion 114.000 kishini sig'dira oladi, bu esa sig'imi bo'yicha dunyodagi ikkinchi eng katta stadionga aylantiradi. Barcha o'rindiqlar o'tiriladigan va individualdir[3].
Stadion nomi u joylashgan Tedongan daryosi bo'yidagi Ninnado orolidan va Xalqaro mehnatkashlar kuni - 1-maydan olingan. «Birinchi May» stadionining dizayn xususiyati halqani tashkil etuvchi o'n oltita kamardir, shuning uchun stadion magnoliya guliga o'xshaydi. Gulbarg shaklidagi tom tribunalar va sakkiz qavatli stadion binosini qoplaydi. Tomning eng baland qismi yerdan 60 metr balandlikda joylashgan.
Har yili, 2002-yildan boshlab, avgustdan oktabrgacha stadionda Chuchxe (Kim Ir Sen tomonidan ishlab chiqilgan Shimoliy Koreya milliy kommunistik davlat mafkurasi) gʻoyasini, xalq va armiyaning “kuchli va farovon davlat” barpo etish va birlashtirish yoʻlidagi kurashini tarannum etuvchi ommaviy musiqiy va gimnastika tomoshalari boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar soni bir yuz ellik ming kishiga yetishi ham mumkin, shu bilan birga sport arenasini sahnaga aylantiradigan juda ko'p turli xil yorqin va chiroyli dekoratsiyalardam foydalaniladi. 2007-yil avgust oyida spektakl Ginnesning rekordlar kitobiga tarixdagi eng koʻp odam jalb qilingan shou sifatida kirdi[4].
Stadionda sportchilarni tayyorlash uchun turli qulayliklar, sport zallari, suzish havzalari, oshxona, restoran, zamonaviy 200 metrlik trek mavjud. Stadionda 80 ta chiqish bor.
Manbalar
tahrir- ↑ „What's the biggest football stadium in the world? Meet the planet's largest stadiums“.
- ↑ „Stragov stadioni haqida“.
- ↑ „Rungnado May Day Stadium“. 2011-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-may.
- ↑ „North Korea halts showcase mass games due to flood“. REUTERS. 2009-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-may.