Birja kursifond birjasida muomalada boʻlgan qimmatbaho qogʻoz (aksiya, obligatsiya)ning sotilish narxi. Birja kursi ga qimmatbaho qogʻozga toʻlanadigan dividend va ssuda foizi taʼsir koʻrsatadi. Dividend miqdori yuqori boʻlsa, Birja kursi qimmat, ssuda foizi yuqori boʻlsa, arzon boʻladi. Aksiyalarning nominal qiymati Birja kursi ga taʼsir koʻrsatmaydi, obligatsiyalarning Birja kursi esa nominal narxiga bevosita bogʻliq boʻladi, chunki qaytarib sotib olish muddati qanchalik yaqin boʻlsa, ularning Birja kursi shu qadar yuqoriroq yuradi (yana qarang Qimmatbaho qogʻozlar).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil