Birma mifologiyasi
Birma mifologiyasi (birma tilida:ရှေးမြန်မာ့ဒဏ္ဍာရီ) Myanmaning Birma xalqi tomonidan anʼanaviy tarzda aytilgan afsonalar, folklor naʼmunalari va eʼtiqodlarining umumiy toʻplamidir . Bu hikoyalar ogʻzaki tarzda avloddan-avlodga oʻtkazilgan va kamdan-kam hollarda yozma shaklda namoyish etilgan. Birma mifologiyasi asosan buddist mifologiyasi, hinduizm va boshqa bir qancha etnik anʼanalar bilan bogʻliq hamda ularga taʼsir koʻratadi. Aksariyat afsona va asotirlar qadimgi Pyu davriga tegishli; xudolar, Bodxisattvalar, qahramonlar, shohlar, mistiklar va mifologik mavjudotlarning hayoti va faoliyati shular jumlasidandir. Birma mifologiyasi zamonaviy Birma madaniyatining asosini tashkil etib, Birma marosimlarining kelib chiqishi va ahamiyatini tushuntiradi[2][3].
Afsonaviy tarixga umumiy nuqtai nazar
tahrirKosmogoniy
tahrirBirma kosmogoniyasining eng taʼsirli hisobi Adikalpa kitobidir (birmacha:အာဒိကပ္ပကျမ်း၊ tar. 'Ibtido'). Kitob buddizmda apokrif hisoblanadi, lekin Aggaña Sutta kanonik bayonot tomonidan qoʻllab quvvatlanadi[3].
Mazkur taʼlimotga koʻra avvaliga, buyuk kataklizm tufayli eski kosmos vayron boʻlganidan keyin hech narsa qolmagan. Koʻp oʻtmay, kengayishdan yangi kosmos (Kalpa) paydo boʻlgan.
Toʻrtta eng oliy (Brahmanlar; birmacha:ဗြဟ္မာ) Koruskan Osmonidan (Abhasvara) tushib, ibtidoiy dunyoda „Nurlilar“ sifatida qayta tugʻilganlar. Oʻsha paytda Nurlilar oʻzlarining zavq-shavqlari bilan oziqlanadigan ulugʻvor samoviy mavjudotlar boʻlib, ibtidoiy okean ustidan uchib oʻtishgan. Quyosh va Oy hali mavjud boʻlmagani uchun, bu Nurlilar zulmatdagi yagona yorugʻlik manbai hisoblangan[3].
Biroz vaqt oʻtgach, okeanda qaymoqrang tuproq paydo boʻldi va Nurlilar qiziqib, bu yangi mazali taomni yedilar. Ular ochkoʻzliklari tufayli oʻzlarining nur taratish xususiyatlarini yoʻqotdilar va oʻzlariga taqdim etilgan inoyatdan mahrum etildilar. Bu vaqtda Quyosh (Surya ; သူရိယ), Oy (Chandra ; စန္ဒ) va Yulduzlar (Nakshas — Tara ; နက္ခတ်တာရာ) zulmatdagi yorugʻlikning asosiy manbalari sifatida dunyoga keldi[3].
Ular butun qaymoqrang tuproqni yoʻqolgunga qadar yeb, oddiy jonzotga aylandilar. Keyin, ochlikni qondirish uchun bir nechta boshqa oʻsimlik ham paydo boʻldi. Uzoq muddatli ochkoʻzlik bilan taomlanishdan soʻng, barcha gʻayritabiiy resurslar yoʻq boʻlib ketdi va mavjudotlar toʻla odamlar suratiga kirdilar.
Sivilizatsiyaning yuksalishi
tahrirBu ibtidoiy odamlar jinsiy aloqa, ekinlar yetishtirish singari yumushlar va madaniyatlarning paydo boʻlishi tufayli koʻplab muammolar hamda kurashlarni boshdan kechirdilar. Odamlar bu yangi qiyin hayotda qanday yashab qolish boʻyicha turli xil qarashlarga ega edilar, shuning uchun Kasta tizimi yaratiladi (အမျိုးဇာတ်စနစ်). Keyinchalik ular Manu ismli bir donishmandni saylab, birinchi va asosiy hukmdor qilib tayinladilar. U Mahasamrat nomi bilan tanilgan (မဟာသမ္မတမင်း; tarj. „Olomon tomonidan tayinlangan“), yer yuzining birinchi hukmdori hisoblanadi. U podshoh sifatida shahar-davlatning tartibini, qonunlar toʻplamini, davlat uchun belgilangan turli vazifalar va idoralarni hamda ularni himoya qilish uchun qoʻshinlar tashkil etish va chegaralarini bunyod etgan. U koʻpincha birma yozuvchilari tomonidan standart podshoh obrazi sifatida qoʻllanadi[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Ramayana“. www.wdl.org (1870). Qaraldi: 2021-yil 16-may.
- ↑ Aung (U.), Htin. Folk Elements in Burmese Buddhism (en). Oxford University Press, 1978.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Aung (U.), Htin. Folk Tales of Burma (en). Sterling Publishers, 1976.
- ↑ Victorino, Terrence James. Mythical Creatures in Burmese Folklore (en). Log Press, 15 June 2011. ISBN 978-613-6-67801-6.