Bishkek

Qirgʻiziston poytaxti
(Bishkek shahridan yoʻnaltirildi)

Bishkek (1926-yilgacha Pishpak, 1926—1991-yillarda Frunze) — Qirgʻiz Respublikasining poytaxti. Yirik sanoat-transport tuguni, Qirgʻizistonning iqtisodiy va madaniy markazi. Chu vodiysida, Qirgʻiziston tizmasining shimoliy etagida, 700–900 m balandlikda joylashgan. Yanvarning oʻrtacha harorati — 5,4 °C, iyulniki 24,4 °C. Oʻrtacha yillik yogʻin 471 mm. Shahar maydoni 18,4 ming ga. Aholisi 874 400 kishidan koʻproq (2012).

Bishkek

qirgʻizcha: Бишкек
shahar, Qirgʻiziston poytaxti
[[File:||132px]]
[[File:||132px]]
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
42°52′0″N 74°34′0″E / 42.86667°N 74.56667°E / 42.86667; 74.56667
Mamlakat Qirgʻiziston
Hukumat
 • Mer Aziz Surakmatov
Asos solingan 1825
Ilk eslatilishi 1864
Avvalgi nomlari Pishpek (1926-yilgacha)
Frunze (1926-1991)
Maydon 1,699 km2 (656 kv mi)
Markazi balandligi 750—900 m
Iqlim turi keskin kontinental
Aholisi
 (2012)
1 088 900[1]
Zichligi 5066 kishi/km2
Milliy tarkib qirgʻizlar — 74.36 %
ruslar — 16.07%
uygʻurlar — 1,56 %
oʻzbeklar — 1,36 %
tatarlar — 1,15 %
koreyslar — 1,21 %
qozoqlar — 1,0 %
ukrainlar — 0,45 %
dunganlar — 0,52 %
(2019)
Etnoxoronim bishkeklik, bishkekliklar
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +996 312
Pochta indeks(lar)i 720000
Avtomobil kodi B, E
Bishkek xaritada
Bishkek
Bishkek

Hududiy boʻlinishi

tahrir
 
Bishkek

Bishkek 4 maʼmuriy tumanga boʻlingan.

  • oktyabr tumani — 242 382 (2009)
  • Pervomayskiy tumani — 175 894 (2009)
  • Sverdlovskiy tumani — 231 801 (2009)
  • Lenin tumani1 — 201 626 (2009)
    • Chon-Arik shahar tipidagi qishloq — 9 724 (2009)
    • Orto-Say qishlogʻi (ail)  — 4 100 (2009)

Tarixi

tahrir

Hozirgi Bishkek oʻrnida 1825-yil qoʻqonliklar tomonidan Pishpak (qoʻqonlik tarixchilar asarlarida Pishkak) qalʼasiga asos solingan. 1860 va 1862-yillarda rus qoʻshinlari Ashtak dovoni orqali bostirib kelib qalʼani egallagan va butunlay vayron qilgan. 1864-yilda Bishkek oʻrnida Pishpak rus harbiy istehkomi barpo etildi. Tez orada Bishkek orqali Yettisuv savdo trakti (Toshkent — Semey) vujudga keldi. 1878-yildan Bishkek Yettisuv viloyatining uyezd shaqri. Mayda oziq-ovqat va koʻn sanoati korxonalari boʻlgan. Aholisi savdo-sotiq, kirakashlik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik va gʻallachilik bilan shugʻullangan. Pishpak 1918-yildan Turkiston Muxtor Respublikasi tarkibida, 1924-yildan Qora qirgʻiz (1925-yildan Qirgʻiziston) muxtor viloyatining markazi. Bishkek 1926-yildan — Qirgʻiziston Muxtor Respublikasining, 1936-yildan Qirgʻiziston Respublikasining poytaxti.

Bishkekda 1941—1945-yillar urushi davrida yangi sanoat korxonalari qurilib front uchun qurolyarogʻlar ishlab chiqarilgan. Metallsozlik va mashinasozlik rivojlandi, urushdan keyin Bishkek Qirgʻizistonning eng yirik industrial markaziga aylandi.

Sanoati

tahrir

Shaharda 94 sanoat korxonasi, 2,7 ming kichik korxona, 42 assotsiatsiya, 2 konsorsium, 365 firma, 10 birja, 69 aksiyadorlik jamiyati, 494 masʼuliyati cheklangan jamiyat, 18 tijorat banklari, 8 konsern va 4 korporatsiya bor. Kime, kimyofarmatsevtika sanoati korxonalari, „Qirgʻizmebel“ birlashmasi, uysozlik kombinatlari, temirbeton buyumlar zavodi, issiqlik elektr markazi ishlab turibdi. Bishkek Buxoro — Toshkent — Almati gaz quvuri orqali gaz bilan taʼminlangan. 2 ta temir yoʻl vokzali, „Manas“ xalqaro aeroporti bor. Temir yoʻl orqali Taraz shahri (sobiq Avliyoota) bilan bogʻlangan.

Meʼmorligi

tahrir

Shahar meʼmorligi 1872-yilgi dastlabki reja boʻyicha shakllanib, toʻgʻri burchakli kesishgan koʻchalar bilan birga uncha katta boʻlmagan mahallalarga boʻlingan. Uylar, asosan, paxsa va sinchdan bir qavatli qilib qurilib, somonli loy bilan suvalgan. 20—40-yillarda Madaniyat vazirligi binosi (1926), Hukumat uyi (1934), Tibbiyot instituti (1939) va viloyat ijroiya qoʻmitasi binolari (1938) qurilgan. Bishkekni qayta qurish rejalariga (1939, 1948—58, 1971) koʻra shahar koʻchalari kengaytirildi, mikrorayonlar barpo etildi. Shaharda 2—4 qavatli zilzilabardosh turar joy va jamoat binolari qurildi. 50—70-yillarda Tinchlik prospektida yangi mikrorayonlar vujudga keldi. Opera va balet teatri (1955), shahar kutubxonasi (1957—1962), shahar markazidagi maydonda binolar ansambli (1956), qishloq xoʻjaligi vazirligi (1954—1960), Sport saroyi (1974), Tasviriy sanʼat muzeyi (1974) binolari bunyod etildi.

Ijtimoiy soha

tahrir

Taʼlim sohasi

tahrir

1996/97 oʻquv yilida 77 umumiy taʼlim maktabida 93,3 ming oʻquvchi, hunartexnika bilim yurtlarida 5,7 ming oʻquvchi, oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 11,7 ming oʻquvchi oʻqidi, maktabgacha tarbiya muassasalarida 16,2 ming bola tarbiyalandi[2].

Shaharda 8 oliy oʻquv yurti (Qirgʻiziston milliy universiteti, Qirgʻiziston — Rossiya slavyan universiteti, texnika universiteti, qishloq xoʻjaligi akademiyasi, tibbiyot akademiyasi, Xalqaro institut, fizkultura instituti, sanʼat instituti) faoliyat koʻrsatadi. Yangi kollej, litsey va gimnaziyalar, xalqaro, davlatxususiy maktablari ochilmoqda. Bishkekda Milliy Fanlar akademiyasi, tarmoq ilmiy tadqiqrt institutlari mavjud[3].

Qirgʻiziston Respublikasi davlat kutubxonasi, 22 yirik ommaviy kutubxona, 7 muzey, 6 teatr, 10 kinoteatr, „Qirgʻizfilm“ kinostudiyasi ishlab turibdi (90-yillar oxirlari).

Matbuoti

tahrir
 
 
 
Teatr Milliy kutubxona sanʻat muzeyi Qirgʻiz filarmoniyasi

Bishkekda „Qirgʻiziston“ Matbuot uyi, Qirgʻiziston ensiklopediyasi Bosh tahririyati, „Ilim“ nashriyoti, yirik poligrafkombinat, respublika axborot organi — Qirgʻiziston telegraf agentligi joylashgan. Respublikada 128 gazeta, 15 jurnal chop etiladi. 1974-yildan „Bishkek oqshomi“ shahar gazetasi nashr etiladi. Mahalliy radioeshittirishlar qirgʻiz va rus tillarida olib boriladi.

Sogʻliqni saqlash xizmati

tahrir

9680 oʻrinli 32 kasalxonada 3792 vrach va 7253 dan ziyod oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishladi (90-yillar oxirlari). Bishkek va uning atrofida Issiqota kurorti, kardiologiya sanatoriysi, dam olish uylari, profilaktoriylar joylashgan. Bishkek — respublikada turizm markazi. Turistik mehmonxona va bazalar bor. Boshqa respublikalar va mamlakatlar bilan temir yoʻl, avtomobil, havo yoʻllari orqali bogʻlangan.[4]

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. http://www.stat.kg/ru/statistics/download/operational/769/
  2. В Бишкеке возведут крупнейшую мечеть в Центральной Азии 01.02.2012 Алла Кученко // Российская газета
  3. Религиозное положение в Бишкеке — Сайт мэрии города Бишкек, 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 13-aprel 2013-yil {{citation}}: no-break space character in |title= at position 32 (yordam)CS1 maint: date format ()
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil