Bitovsoy
Samarqand viloyati Ishtixon tumanitsata soy
Bitovsoy — Samarqand viloyati Ishtixon tumanitsata soy. Kuruksoyning eng yirik (oʻng) irmogʻi. Oqtogʻning jan. yon bagʻridagi 1300–1350 m balandlikdagi bir necha buloqdan hosil boʻladi. Ugom jan. yoʻnalishda oqadi. Uzunligi 16 km, havzasining maydoni 41 km², umumiy uz. 14 km boʻlgan 8 ta mayda irmogʻi bor. Kuzning oxiri, qish va erta bahorda vaqtvaqti bilan yogʻadigan qor va yomgʻir suvlaridan, yozda buloq suvlaridan toʻyinadi. Baʼzan jala yogʻgan paytlarda Quruqsoygacha yetib keladi. Quyi oqimida yoz va kuzda koʻpincha qurib qoladi.
Bitovsoy | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 16 |
Davlat | Oʻzbekiston |
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |