Blanche Chapman (1851-yil 1-noyabr – 1941-yil 7-dekabr) amerikalik aktrisa. Gilbert va Sullivanning koʻplab spektakllarida rol ijro etgan.

Blanche Chapman

Blanche Chapman 1909-yilda "Karam maydonidagi Wiggs xonim" asarida bosh rolni ijro etgan
Tavalludi 1-noyabr 1851-yil
Vafoti 7-iyun 1941-yil(1941-06-07)
(89 yoshda)
Rutherford, New Jersey, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Turmush oʻrtogʻi Henry Clay Ford
Bolalari Harry Chapman Ford
Otasi Harry Chapman
Onasi Julia Drake Chapman

Hayoti

tahrir

Blanche Chapman 1851-yil noyabrda Kentucky shtatining Covington shahrida tugʻilgan. Oʻn olti yoshida monastirdagi maktabda tahsil olgan[1].

Chapman teatrchilar oilasida ulgʻaygan. Uning katta bobosi Thomas Chapman boʻlgan[2]. Uning bobosi Samuel Chapman Covent Gardenda aktyor boʻlgan. Otasi uch oylik Chapmanni „Mr. and Mrs. Peter White“ nomli spektaklda ilk bor sahnaga olib chiqqan[3]. Uning singlisi Ella Chapman ham aktrisa boʻlib, Jon T. Ford tomonidan boshqariladigan teatrlarda rol ijro etgan[4].

Faoliyati

tahrir

Faoliyatining dastlabki davrida Dion Boucicault, John T. Raymond, Edwin Booth, John McCullough va Joseph Jefferson kabi mashhur aktyorlar bilan sahnada birga ishtirok etdi. 1874-yilda singlisi bilan San-Fransiskodagi Metropolitan teatrida The Beautiful Chapman Sisters rolini ijro etishdi. Aynan shu teatrdagi bir tomoshada, opa-singillar kiyimlarini almashtirayotgan paytda, David Belasco oʻz debyutini ularning oʻrnini toʻldirish bilan amalga oshirgan edi[5].

1875-yilda Chapman Henry Clay Fordga turmushga chiqdi. U Linkoln teatrining menejeri edi. Uning uchta farzandi bor edi: dramaturg va yozuvchi Harry Chapman Ford, drama oʻqituvchisi Frank Ford va aktyor menejeri George Ford[6][7]. Georgening rafiqasi komediya aktrisasi Helen Ford edi[6]. Ular Vashingtondagi Logan Circle shahrida yashashgan[8].

Chapman Nyu-Yorkda muntazam ravishda chiqishlar qilardi. XX asr boshlarida, Henry teatrdan nafaqaga chiqqanidan soʻng, oila Nyu-York shahriga koʻchib oʻtdi, undan keyin Rezerford, Nyu-Jersida yashay boshlashdi[9].

Vafoti

tahrir

1929-yilda, Henryning 1915-yil vafotidan oʻn yildan ortiqroq vaqt oʻtgach, Chapman Abraham Lincoln otib oʻldirilgan kreslo kursini Smitson institutidan oʻziga qaytarishni soʻradi. Bu kursi oʻsha yerda saqlanayotgan edi[10]. Henry Lincolnga yanada qulaylik taqdim etish maqsadida stul sotib olib, oʻrnatgan edi. Keyinchalik Chapmanga stul qaytarib berildi. 1929-yil dekabr oyida Chapman stulni Amerika sanʼat uyushmasi orqali oʻtkazilgan kimoshdi savdosida 2400 dollarga sotdi[11].

Chapman 1941-yil iyun oyida Nyu-Jersi shtatining Rutherford shahrida vafot etdi[12].

Manbalar

tahrir
  1. „BLANCHE CHAPMAN, ACTRESS, DIES AT 91; Star of '60s and '70s Widow of Manager of Ford Theatre, Where Lincoln Was Shot“ (en). New York Times (1941-yil 8-iyun). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
  2. „A Lifetime of Theater“. Dartmouth Alumni Magazine (1968-yil yanvar). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
  3. „BLANCHE CHAPMAN, ACTRESS, DIES AT 91; Star of '60s and '70s Widow of Manager of Ford Theatre, Where Lincoln Was Shot“ (en). New York Times (1941-yil 8-iyun). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
  4. Sollers, John Ford. The Theatrical Career of John T. Ford. University Microfilms, 1962 — 262–263, 599-bet. 
  5. „BLANCHE CHAPMAN, ACTRESS, DIES AT 91; Star of '60s and '70s Widow of Manager of Ford Theatre, Where Lincoln Was Shot“ (en). New York Times (1941-yil 8-iyun). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
  6. 6,0 6,1 „BLANCHE CHAPMAN, ACTRESS, DIES AT 91; Star of '60s and '70s Widow of Manager of Ford Theatre, Where Lincoln Was Shot“ (en). New York Times (1941-yil 8-iyun). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
  7. „A Lifetime of Theater“. Dartmouth Alumni Magazine (1968-yil yanvar). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
  8. Bogar, Thomas A.. Backstage at the Lincoln Assassination: The Untold Story of the Actors and Stagehands at Ford's Theatre (en). Simon and Schuster, 4 November 2013. ISBN 978-1-62157-174-2. Qaraldi: 2022-yil 30-iyun. 
  9. Bogar, Thomas A.. Backstage at the Lincoln Assassination: The Untold Story of the Actors and Stagehands at Ford's Theatre (en). Simon and Schuster, 4 November 2013. ISBN 978-1-62157-174-2. Qaraldi: 2022-yil 30-iyun. 
  10. Bogar, Thomas A.. Backstage at the Lincoln Assassination: The Untold Story of the Actors and Stagehands at Ford's Theatre (en). Simon and Schuster, 4 November 2013. ISBN 978-1-62157-174-2. Qaraldi: 2022-yil 30-iyun. 
  11. Blouin, Francis Xavier. Archives, Documentation, and Institutions of Social Memory: Essays from the Sawyer Seminar (en). University of Michigan Press, 2 August 2007. ISBN 978-0-472-03270-9. Qaraldi: 2022-yil 30-iyun. 
  12. „BLANCHE CHAPMAN, ACTRESS, DIES AT 91; Star of '60s and '70s Widow of Manager of Ford Theatre, Where Lincoln Was Shot“ (en). New York Times (1941-yil 8-iyun). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.

Havolalar

tahrir