Volost (rus.) — Rossiyada uyezd tarkibiga kirgan quyi maʼmuriy-hududiy boʻlinma. Turkistonda boʻlis, voʻlis deb yuritilgan. Volost 1861-yilgacha Rossiya hududida davlatga va monastirlarga tegishli qishloq joylarida maʼmuriy-hududiy rayon sifatida tashkil qilingan. 1861-yilgi islohotdan soʻng, Rossiyaning hamma qishloq joylarida volost quyi maʼmuriy-hududiy birlik boʻlib qolgan. Rossiya Turkistonni bosib olgandan soʻng, Turkistonning butun hududi (Buxoro amirligi va Xiva xonligidan tashqari) oblast, uyezd, volostlarga boʻlingan. Turkiston general-gubernatorligiga qarashli joylar 5 oblast, 27 uyezd va 603 volostga boʻlingan (1917). Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilgandan soʻng (1925 yilda) Oʻzbekiston hududida 241 volost boʻlgan va 1926-yilgi iqtisodiy-maʼmuriy rayonlashtirishga qadar saqlanib turgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil