Volost (rus.) — Rossiyada uyezd tarkibiga kirgan quyi maʼmuriyhududiy boʻlinma. Turkistonda boʻlis, voʻlis deb yuritilgan. V. 1861-yilgacha Rossiya hududida davlatga va monastirlarga tegishli qishloq joylarida maʼmuriyhududiy rayon sifatida tashkil qilingan. 1861-yilgi islohotdan soʻng , Rossiyaning hamma qishloq joylarida V. quyi maʼmuriy-hududiy birlik boʻlib qolgan. Rossiya Turkistonni bosib olgandan soʻng , Turkistonning butun hududi (Buxoro amirligi va Xiva xonligidan tashqari) obl., uyezd, V.larga boʻlingan. Turkiston general-gubernatorligiga harashli joylar 5 obl., 27 uyezd va 603 V. ga boʻlingan (1917). Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishi oʻtkazilgandan soʻng (1925 yilda) Oʻzbekiston hududida 241 V. boʻlgan va 1926-yil gi iqtisodiy-maʼmuriy rayonlashtirishga qadar saqlanib turgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil