Bobo-Usmon Baturov
Bobo-Usmon Shamsutdinovich Baturov (1994 -yil 16-noyabr) — oʻzbek bokschisi. Jahon chempionati bronza sovrindori (2019), Osiyo oʻyinlari chempioni (2018), ikki karra havaskorlar oʻrtasida Osiyo chempioni (2019, 2021).
Bobo-Usmon Shamsutdinovich Baturov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
16-noyabr 1994-yil Jizzax, Oʻzbekiston |
Sport | |
Qaysi sport | Boks |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Jahon chempionati | ||
Bronza | Yekaterinburg 2019 | 69kg gacha |
Osiyo oʻyinlari | ||
Oltin | Jakarta 2018 | 69kg gacha |
Osiyo chempionati | ||
Oltin | Bangkok 2019 | 69kg gacha |
Oltin | Dubay 2021 | 69kg gacha |
Sportdagi faoliyati
tahrirBobo-Usmon Baturov ikkinchi yarim oʻrta vazn toifasida ishtirok etuvchi 2013-yildan beri havaskor boks bilan shugʻullanadi.
2018-yilda Jakartada boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan. Ikkinchi oʻrta vaznda u oltin medalni qoʻlga kiritdi, finalda qozogʻistonlik sportchi Aslanbek Shimbergenovni magʻlub etdi[1].
2019-yili Bangkokda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida u qitʼa chempioni boʻldi, finalda yaponiyalik bokschi Sevon Okazavani magʻlub etdi[2].
2019-yilda Yekaterinburgda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Bobo-Usmon yarim finalga qadar yetib borgan va unda ingliz bokschisi Pat Makkormakga yutqazib, bronza medalini qoʻlga kiritgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Сегодня Фанат Кахрамонов и Бобоусмон Батуров поднимутся на ринг“ (ru). Национальный олимпийский комитет Узбекистана.
- ↑ „Обидчики казахстанцев и другие. Узбекистан объявил состав на чемпионат мира по боксу — Бокс/ММА“ (ru). Sports.kz. 2019-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Kun uz. „Дилшодбек Рузметов потерпел поражение в финале ЧМ и получил серебряную медаль“ (ru). Kun.uz. 2019-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.