Bobo figʻoniy Sheroziy
BOBO FIGʻONIY Sheroziy (?, Sheroz — 1519, Mashhad) — fors shoiri. Husayn Boyqaro, soʻngra Sulton Yaʼqub Oq qoʻyunli (1470—90) saroyida xizmat qilgan. Unga "Shoirlar bobosi" degan faxriy unvon berilgan, taxallusi shundan olingan. B. F. gʻazal va qasida, qitʼa, ruboiy va boshqa janrlarda ijod qilgan. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida gʻazallar devoni (inv № 1371), gʻazal va qasidalari( inv. № 2294/1, 1041/IV) saqlanmoqda.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |