Boboyi Samosiy (arabcha: الجد ساموسي — Boboyi Samosiy — Toʻliq ismi: Xoja Muhammad Boboyi Samosiy (XIII asr oxiri 1354-yil)) — soʻfiy.

Boboyi Samosiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi soʻfiy

Hayoti

tahrir

Samosiy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy (13-asr oxiri, Romitan tumanidagi Samos qishlogʻi — 1354) — xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, Buxorolik 7 pirning beshinchisi. Xoja Ali Romitaniydan tahsil olib, uning vafotidan soʻng xojagonlik tarikatini boshqargan. Bahouddin Naqshband tugʻilganda uni maʼnaviy farzandlikka qabul qilib, Sayyid Mir Kulolga Bahouddin tarbiyasi bilan shugʻullanishni topshirgan. S. bogʻbonlik bilan kun kechirgan. S. kulohini Bahouddinga hadya etib, unga murshidlik qilgan. Bahouddin Naqshband ana shu kuloh sharofatidan balogardonlik karomatiga ega boʻlgan, deydilar. S. tugʻilgan qishlogʻida dafn qilingan. Qabri ustidagi maqbara, atrofdagi masjid va toshquduq mustaqillik yillarida taʼmirlangan.[1]

Adabiyot

tahrir
  • Orif Usmon, Buxoroi sharifning yetti piri, T.,2003.[2]

Manbalar

tahrir
  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 594.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil