Bobur mahallasi (Sergeli tumani)
Bobur mahallasi— (Sergeli 7, 73) Sergeli tumanidagi mahalla. Amir Temur, „Guliston“ mahallalari bilan chegaradosh. 1995-yil tashkil topgan. Buyuk shoir, sarkarda Bobur nomi bilan ataladi. Aholisi 2004 xonadondan (9975kishi) iborat (2009). Milliy tarkibi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, 20ga yaqin millat vakillari (rus, tatar, qozoqva b) yashaydi. Mahallada 3 koʻcha, bolalar bogʻchasi, maktab, restoran, bir qancha oziq-ovqat doʻkonlari, dorixona, sartaroshxona, qishloq xoʻjalik mahsulotlari doʻkoni, navvoyxona va boshqalar mavjud[1].
Bobur Bobur mahallasi | |
---|---|
Mahalla | |
Mamlakat | O'zbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Sergeli |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 (71) |
Pochta indeks(lar)i | 700012 |
Avtomobil kodi | 01 |
Manbalar
tahrir- ↑ Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 780-bet.