Bodomzor mahallasi—Yunusobod tumanidagi mahalla(Bodomzor 8-tor koʻcha,47). „Xiyabontepa“, „Mingoʻrik“ mahallari bilan chegaradosh.19-asr oʻrtalarida asos solingan. Eski shaharda Shayhontohur,Sebzor,Labzak,Beshogʻayni,Raiskoʻcha mahallalari fuqarolarining shu hududda bogʻ hovlilari boʻlgan. Bogʻ hovlilari Boʻzsuv kanali boʻyida joylashgani uchun koʻplab turli mevalar(oʻrik, yongʻoq, uzum, olma, nok, bodom, shaftoli, olcha, nok, gilos)yetishtirishgan. Shuning uchun mahallaga 1935-yil „Bodomzor“ nomi berilgan. Aholisi 2000 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, tatar, tojik millati vakillari yashaydi(2009).Mahalla hududida 2 ta oziq-ovqat doʻkoni, choyxona va bolalar sport maydonchasi mavjud. [1]

Bodomzor

Bodomzor mahallasi
Mahalla
Mamlakat O'zbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Yunusobod
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 (71)
Pochta indeks(lar)i 700000
Avtomobil kodi 01

Manbalar

tahrir
  1. Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 133-bet.