Bogʻishamol koʻchasi (Toshkent)
41°20′48″N 69°18′47″E / 41.34667°N 69.31306°E
Bogʻishamol koʻchasi — Oʻzbekiston Respublikasining poytaxti Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan koʻchalardan biridir.
Tarixi va nomi
tahrirKoʻchaning sobiq nomi Jahon Obidov koʻchasi edi[1]. Bogʻishamol koʻchasidan tramvay yoʻli oʻtgan edi, ammo keyinchalik tramvaylarni shahardan olib tashlanganidan soʻng, koʻchadagi liniyalar ham olindi. Hozirda koʻchadan bir poyezd yoʻli oʻtadi (Qozogʻistondan Toshkent vokzaligacha boradigan temir yoʻl).
2015-yili Bogʻishamol koʻchasiga Doʻrmon yoʻli uzaytirildi va qoʻshildi. Ushbu koʻcha oʻzgarishida Toshkentning kabel zavodiga chiqish yoʻli paydo boʻldi va Bogʻishamol koʻchasidan Mirzo Ulugʻbek koʻchasiga Doʻrmon yoʻli tomon chiqish mumkin boʻldi[2].
2017-yili Toshkent shahrida Yunusobod tumanidagi Bogʻishamol va Yangi shahar koʻchalarini bogʻlovchi yangi yoʻlda transport harakati ochildi. U 2015-yilda Kabel zavodi orqali (Doʻrmon yoʻli koʻchasidan Bogʻishamol koʻchasigacha) tortilgan yoʻlning davomiga aylandi[3].
13-sentabr 2018-yili Bogʻishamol koʻchasidagi Salar va Yalangʻoch bekatlari oraligʻida “Toshkent-Hojikent” yoʻnalishida harakatlanayotgan elektropoyezd 1966-yilda tugʻilgan ayolni urib yubordi. Quloqchinlarda temir yoʻlni kesib oʻtayotgan piyoda olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etdi[4].
14-noyabr 2018-yil soat 10:00da Yunusobod tumani Bogʻishamol koʻchasida joylashgan sintetik qishlashtirgich sexida yongʻin sodir boʻlganligi haqida xabar kelib tushdi. Yongʻinni bartaraf etishga 15ta asosiy va 8ta yordamchi maxsus oʻt oʻchirish texnikasi jalb qilindi. Yongʻin soat 12:49da toʻliq oʻchirildi[5].
2022-yilning may oyining boshida ijtimoiy tarmoqlarda akusherlik va ginekologiya instituti yaqinidagi suv bosgan chorrahani sekin kesib oʻtayotgan avtomobillar, piyodalar yoʻlaklari va avtobus bekatlari ham suv ostida qolgani aks etgan videolar paydo boʻldi. Yaqin atrofdagi uylarning hovlilari va kirish joylari ham suv ostida qoldi. Xuddi shunday holat Bogʻishamol koʻchasi va boshqa koʻchalarda ham kuzatildi[6].
Tavsifi
tahrirBogʻishamol koʻchasi Amir Temur shox koʻchasidan boshlanadi va Toshkent halqa avtomonil yoʻlida yakunlanadi. Koʻchaning tugashida Qibray tumanining Universitet koʻchasi boshlanadi. Bogʻishamol koʻchasidan Amir Temur shoh koʻchasi, Chimrobod 1-tor koʻchasi, Chingiz Aytmatov koʻchasi, Firdavsiy koʻchasi, Hakimzoda 1-tor koʻchasi, Yangishahar koʻchasi, Oʻrtasaroy koʻchasi, Damariq koʻchasi, Namangan koʻchasi, Shahriobod koʻchasi, Toshkent halqa avtomobil yoʻli kesishadilar.
Mashhur binolar va inshootlar
tahrirBogʻishamol koʻchasida koʻplab binolar va inshootlar joylashgan.
Juft tomondan
tahrir- Botanika bogʻi
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
- Toshkent hayvonot bogʻi
- Deutsche Konstruktion Group
- ToshPTI qoshidagi litsey
- Zoologiya instituti
Toq tomondan
tahrir- Axborot texnologiyalari universiteti talabalar turar joyi
- Fuqarolik Ishlari Boʻyicha Mirzo-Ulugbek Tumani sudi
- Musaffo OBI Hayot
- Tashkent pediatriya tibbiyot instituti
- Oson - to'lov tizimi bosh offisi
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Переименование названий улиц в Ташкенте, Узбекистан (426)“. Qaraldi: 27-noyabr.
- ↑ „Ул. Дурмон йули продлевают до ул. Богишамол (фото)“. Gazeta.uz. Qaraldi: 01-iyun 2022-yil.
- ↑ „Фото: Новая дорога соединила ул. Богишамол и Янги шахар в столице“. Gazeta.uz. Qaraldi: 01-iyun 2022-yil.
- ↑ „Электропоезд сбил женщину в Мирзо-Улугбекском районе Ташкента“. Gazeta.uz. Qaraldi: 01-iyun 2022-yil.
- ↑ „К тушению пожара в Юнусабадском районе было привлечено 23 единицы техники“. ГУВД. Qaraldi: 01-iyun 2022-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Улицы Ташкента снова затопило из-за ливня“. Gazeta.uz. Qaraldi: 01-iyun 2022-yil.