Bogdan (Zinoviy) Mixaylovich Xmelnitskiy (taxminan 1595–1657.6.8) — ukrain davlat arbobi, sarkarda, Ukraina getmani (1648–57), polyaklar zulmiga qarshi koʻtarilgan mustaqillik urushi rahbari (1648–54). 1637 – 38 yillardagi xalq qoʻzgolonlarida qatnashgan. 1640-yil oʻrtalarida polyaklarga qarshi qoʻzgʻolonga tayyorgarlik koʻrib, kazaklar qoʻshinini tuzgan. 1648-yil qamoqqa olingan, lekin koʻp oʻtmay Zaporojye Sechiga qochgan.

Ijtimoiy, diniymilliy zulmga qarshi qonli va uzoq davom etgan ozodlik urushlari 1648-yil yanvarda Xmelnitskiy boshchiligidagi milliy inqilobga aylangan. Bu urushlarda Qrim xonligi, Rossiya, Shvetsiya, Transilvaniya, Usmonli turk imperiyasi, Moldova va boshqa qatnashgan. Ukraina – Getmanlik mustaqil davlat boʻldi. 1654-yildan murakkab tashqi siyosat va harbiy vaziyat (Polsha qiroli katta armiya yuborgan) oqibatida Xmelnitskiy Moskva bilan davlatlararo harbiy ittifoqtuzgan. Xmelnitskiy mustaqil getmanlik hokimiyatini, cheklangan tashki siyosiy munosabatlar va kazak qoʻshinlarining 60 minglik tarkibini saqlab qolish toʻgʻrisida taklif qilgan. Ukraina – Getmanlik xrkimiyatini tashki siyosatda tan olinishiga erishgan. Ukrainaga avtonom huquqi berilgan. Xmelnitskiy ukrain xalqini Polsha hukmronligidan ozod kilishda katta rol oʻynadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Xmelnitskiy Bogdan Mixaylovich" OʻzME. X-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil