Bojnord
Bojnord (forscha: بجنورد; shuningdek, Bojnūrd, Bujnūrd, Bojnoord, Bojnord yoki Bujnurd sifatida ham romanizatsiya qilinadi) oʻrta asrlarda Buzanjird nomi bilan tanilgan[1][2]. Bu shahar Eronning Shimoliy Xuroson viloyatining markazi. Shahar Tehrondan taxminan 701 km[3] va Xuroson Razaviy viloyatining markazi Mashhaddan 237 km uzoqlikda joylashgan[4].
Bojnord بجنورد | |
---|---|
Shahar | |
37°28′0″N 57°20′0″E / 37.46667°N 57.33333°E | |
Mamlakat | Eron |
Viloyat | Shimoliy Xuroson |
Okrug | Bojnord okrugi |
Baxsh | Markaziy tuman |
Hukumat | |
• Mer | Javad Hamidi Ravari |
Maydon | 36 km2 (14 kv mi) |
Markazi balandligi | 1070 m |
Vaqt mintaqasi |
UTC+03:30 +04:30 |
Telefon kodi | (+98) 58 |
|
Tarixi
tahrirMahalliy anʼanalarga koʻra, XIII asrda moʻgʻullar bosqinidan soʻng bu hudud qorai turklari tomonidan nazorat qilingan[5].
Bojnurd Safaviylar tomonidan turkiylarga qarshi chegaralarini himoya qilish uchun oʻrnashgan kurd Shodiyan qabilasi uchun qurilgan. Anʼanaga koʻra, shahar mudofaa devori bilan oʻralgan va oʻn bir mavze, bozorlar hamda toʻrtta masjiddan iborat boʻlgan[5].
1849-yilda shaharda qoʻzgʻolon koʻtarildi. Natijada shahar vayron boʻldi. Sayohatchi G. C. Napier 1876-yilda shaharga tashrif buyurgan. Bu davrda Bojnurd boshligʻi kurdlardan boʻlib, Tehrondagi markaziy hukumatga harbiy yordam uchun shaharni soliqsiz boshqarganligi aytilgan[5].
Shaharda 1896-1929-yillarda kuchli zilzilalar kuzatilgan. Zilzila oqibatida shahar va uning atrofi vayron boʻlgan. Shundan soʻng shaharda yangi bino va istehkomlar qurilgan[5]. 1997-yilda 6,5 magnitudali zilzila shaharda katta vayronagarchilik va koʻplab halokatlarga sabab boʻldi[6].
Geografiyasi
tahrirShimoliy Xuroson viloyatining markazi — Bojnurd shahri 36 kvadrat kilometr maydonga ega. Eron shimoli-sharqidan 57 daraja, 20 daqiqa uzunlikda va 37 daraja, 28 daqiqa kenglikda, Kopedag togʻ tizmasidan janubda, Aladagʻ togʻ tizmasidan sharqda, Alborz togʻ tizmasining shimoliy qismida joylashgan. Bojnurd dengiz sathidan 1070 metr balandda joylashgan. Tehrongacha boʻlgan masofa 821 kilometrni tashkil qiladi[7].
Kollejlar va universitetlar
tahrirBojnordda quyidagi universitetlar mavjud:[8]
- Bojnurd universiteti
- Shimoliy Xuroson tibbiyot fanlari universiteti
- Bojnurd islomiy Azad universiteti
- Eshrag oliy taʼlim instituti (Bojnurd, Shimoliy Xuroson)
- Payam Nur Bojnurd universiteti
Taniqli shaxslar
tahrir- Abdolhusayn Teymurtosh (Sardor Muazzam Xurosoniy) XX asrning taniqli siyosatchisi (Pahlaviylar sulolasi).
- Ali-Akbar Davar — siyosatchi va sudya, Eronning zamonaviy sud tizimining asoschisi. Kazem Musaviy Bojnurdiy — tarixchi, dinshunos, yozuvchi va Eron Milliy kutubxonasi kuratori (1997-2005).
- Muhammad Davari — jurnalist, 2009-2010-yillarda Erondagi saylov noroziliklarida hibsga olingan.
- Ehson Xushbaxt — kino tanqidchi, Boloniyadagi (Italiya) Il Cinema Ritrovato rejissyori.
Iqlimi
tahrirBojnord Köppen iqlim tasnifiga koʻra sovuq va yarim quruq iqlimga ega[9].
Manbalar
tahrir- ↑ „Maps, Weather, and Airports for Bojnurd, Iran“.
- ↑ Bojnord can be found at GEOnet Nom Serveri, at this link, by opening the Advanced Search box, entering "-3056548" in the "Unique Feature Id" form, and clicking on "Search Database".
- ↑ „Tehran“.
- ↑ „Distance from Bojnurd to Mashhad“. www.distancecalculator.net. Qaraldi: 2022-yil 23-iyun.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 Ehlers, Eckart; Bosworth, C. E. (1989). "BOJNŪRD". Encyclopedia Iranica IV. https://iranicaonline.org/articles/bojnurd-a-town-and-district-in-khorasan.
- ↑ „Earthquake Toll Rises in Iran as Aftershocks Hit“. Reuters. Tehran, Iran: ReliefWeb (1997-yil 5-fevral). Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
- ↑ „Bojnord“ (en). www.visitiran.ir. Qaraldi: 2022-yil 5-iyun.
- ↑ „دانستنیهایی از استان خراسان شمالی“.
- ↑ „Köppen Climate Classification: How to Use the Other Plant Map“ (en-US). Lawnstarter (2019-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 23-iyun.