Bolalar ensiklopediyasi (2000)

2000-yilda oʻzbek tilida chop etilgan bolalar ensiklopediyasi.

„Bolalar ensiklopediyasi (2000)“ — Oʻzbekiston Respublikasida bolalar uchun moʻljallab chiqarilgan ensiklopediya. Ensiklopediya 2000-yil Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyotida chop etilgan.

Bolalar ensiklopediyasi (2000)
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i ensiklopediya
Nashriyot Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2000
Sahifalar soni 664
ISBN 5-89890-7

Kitobdagi barcha maqolalar lotin alifbosi tartibida berilgan. Unga koʻpgina zamonlar va xalqlarga mansub mashhur shaxslar, kashfiyotchilar, sayyohlar, fan, texnika, adabiyot va sanʼat namoyondalari, taniqli davlat va siyosat arboblari haqida maqolalar kiritilgan. Undan tashqari fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, falsafa, huquq, matematika, geografiya, geologiya, iqtisod, madaniyat va sanʼat fanlari boʻyicha ham koʻplagan maqolalar berilgan. Bu borada tegishli mezon ishlab chiqilgan.

Ensiklopediyani nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etishgan. A. Burxonov - dizaynchi rassom, A. Bobrov - muqova rassomi, M. Mirziev - xaritagraf, N. Rahimov - komputer markazining rahbari, R. Yesaulenko va D. Pavlov - komputerda sahifalovchilar. Kitob adadi - 10 000 nusxa. Original - maket va kitobning bezak ishlari „Yangi asr avlodi“ nashriyot - matbaa markazida tayyorlangan.

Havolalar

tahrir