Bolgʻalash — metallarga bolgʻa va bosqonlarda zarb va bosim bilan ishlov berish usullaridan biri. Qizdirilgan metallga bolgʻa (yoki bosqon)da koʻp marta uzlukli zarba berilsa, u deformatsiyalanib, astasekin maʼlum shakl va oʻlchamni oladi. Metall buyumlarni koʻplab va seriyalab ishlab chiqarishda shtamplarda B. usuli qoʻllaniladi. B.da choʻktirish (kirishtirish), choʻzish, tekislash, yoyish, teshish jarayonlari bajariladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Bolgʻalash" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil