Bolqin (Myricaria alopecuroides Schrenk) — yulgʻundoshlar oilasiga mansub tuksiz chala buta, boʻyi 2 m cha. Barglari tuxumsimon yoki nashtarsimon, bandsiz, mayda, uz. 10–12 mm. Gullari ikki jinsli, kosachasi asosigacha boʻlingan; tojbargi 5 ta, changchilari 10 ta, 5 tasi uzun. Toʻpgullari boshoqsimon, yosh shoxchalarning uchida joylashgan. Koʻsagi silliq, uz. 10 mm, eni 3 mm keladi. Maydan sentabrgacha gullaydi. B. Toshkent, Fargʻona, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining togʻli hududlarida oʻsadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil