Bolqon chegarasi (film)
Bolqon chegarasi (ruscha: Балканский рубеж; serbcha: Балканска међа / Balkanska međa) – 2019-yilda rus va serb kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan film boʻlib, unga Andrey Volgin rejissyorlik qilgan[3][4][5]. Ushbu film quyidagi voqealarga asoslanib suratga olingan: Yunus-bek Yevkurov boshchiligida Yugoslaviya bombardimon qilinishi, Kosovadagi Slatina aeroporti hududdagi mahalliy harbiy guruhlar tomonidan egallanishi, aeroportni qaytarib olish maqsadida ruslar tomonidan maxsus guruhning yollanishi.
Bolqon chegarasi | |
---|---|
(ruscha: Балканский рубеж; serbcha: Балканска међа / Balkanska međa) | |
Rejissyor(lar) | Andrey Volgin |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) |
|
Rollarda |
|
Studiya(lar) |
|
Distribyutor |
20th Century Fox CIS (Russia) Art Vista (Serbia)[1] |
Chiqarilgan sanasi | 2019-yil 21-mart |
Davomiyligi | 130 minut |
Mamlakatlar | Rossiya , Serbia |
Tillar | ruscha, serbcha |
Byudjeti | $3,6 million |
Daromadi | $5,85 million[2] |
Yuqorida sanab oʻtilgan voqealar soʻnggida aynan shu maxsus guruh sardori Shatalov aeroportni egallash maqsadida maxfiy operatsiya amalga oshirib, aeroportni saqlab qoladi.
Film 2019-yil 21-martda (film asoslangan voqealarning 20 yilligiga 3 kun qolganda) rus kinoijodkorlari tomonidan 20th Century Fox CIS da nomoyish etildi. Keyinchalik bu kompaniya Disney kompaniyasi tomonidan sotib olindi.
Syujeti
tahrir1999-yildagi Yugoslaviyaning bombardimon qilinishi va Kosovo urushi voqealari bilan bir vaqtda Slatina aerodomi alban jangarisi Smuk bataliyoni UÇK tomonidan egallab olinadi. Keyinchalik aerodomni qoʻlga olish maqsadida GRU agentlari tomonidan ularga qarshi operatsiya amalga oshiriladi. Smuk boshchiligidagi bu mahalliy harbiy guruh anchayin ayanchli ishlarni amalga oshirishadi. Jumladan, odamlarning ichki organlarni olish, mahalliy aholini talan-taroj qilish, qotillik va etnik tozalash.
GRU zobiti Aslan-Bek Evkhoev va sobiq desantchi boʻlgan yollanma askar Andrey Shatalov kichik otryadni birgalikda boshqarishadi. Ularning zimmasiga bir kecha kunduz aerodomni ushlab turish topshirilgan edi. Buning uchun esa ular albanlardan aerodromni qaytarib olish va Bosniyada joylashgan Rossiya Havo-desant qoʻshinlarining qoʻshimcha kuchlari yetib kelguniga qadar jang qilishlari kerak edi. Shu bilan bir qatorda ular Shatalovning sevgilisi Jasna Blagojević bilan bir qatorda ichki organlarini olish maqsadida asir olingan turli millatlarga oid Serbiya fuqorolarining ham hayotini saqlab qolishdi[6].
Rollarda
tahrir- Anton Pampushnyy Andrey Shatalov (Shatay) rolida [7]
- Gosha Kutsenko Aslan-Bek (Bek) Evkhoev rolida(hayotdagi protitipi Yunus-Bek Yevkurov)[8]
- Miloš Biković Yugoslaviya politsiya xodimi Vuk Majevski rolida
- Milena Radulović doktor Jasna Blagojević rolida
- Gojko Mitić Yugoslaviya bosh politsiya ofisseri Goran Milić rolida
- Sergey Marin Ilya Slashchev (Slush) rolida
- Nodari Janelidze Rustam Mamatgireyev (Girey) rolida
- Kirill Polukhin askar Oleg Barmin (Baria) rolida
- Ravshana Kurkova snayper Vera Kurbaeva rolida
- Dmitriy Frid Smukning Shvetsariyalik doktor sherigi Stern rolida
- Aleksandar Srećković Smuk rolida
- Svetlana Chuykina doktor Sternning yordamchisi Marta rolida
- Miodrag Radonjić Amir rolida
- Nikola Randelović Stevan rolida
- Roman Kurtsyn vzvod komandiri Senior Lieutenant Nikolay Poltoratskiy rolida
- Emir Kusturica haydovchi rolida
- Mikhail Khmurov general Dmitriy Ivanovich Somov rolida[9].
Tarixi
tahrirYugoslaviyadagi voqealar asosida film yaratish gʻoyasi Gosha Kutsenkoga 2012-yilda doʻsti, slovakiyalik prodyuser Vasil Shevts bilan suhbat chogʻida paydo boʻlgan. Ssenariy yozish uchun yozuvchi Ivan Naumov taklif qilindi va u rossiyalik tinchlikparvar askar va serb qizining 600 sahifalik sevgi hikoyasini yaratdi. Keyinchalik Kutsenko prodyuser Vadim Byrkin va general Yunus-Bek Yevkurov bilan uchrashdi va bu ikki shaxs rejissyorga yordam berishga rozi boʻlishdi. Yevkurov (oʻsha paytda – GRU maxsus kuchlari mayori) ishtirok etgan operatsiyaning haqiqiy tafsilotlarining hali hanuz maxfiy saqlanishi natijasida ssenariy mualliflari syujetni oʻz xohishlariga koʻra oʻylab topdilar. Syujetning ishonarli chiqishi uchun oʻsha voqealarga guvoh boʻlgan generalning yordami katta boʻldi[10].
Kasting
tahrirMiloš Bikovićga dastlab rus harbiyi rolini oʻynash vazifasi topshirilgan, lekin aktyor bu Rossiya va Serbiya tominidan olinayotgan qoʻshma film boʻlganligi uchun serb rolini oʻynash mantiqan toʻgʻriroq boʻlishini aytib rad etgan. Keyinchalik, filmning Serbiya hududida suratga olinishiga katta yordam berib ham aktyor ham prodyusserlik vazifasini bajargan.
Milena Radulović filmda qatnashish uchun rus tilini oʻrganishga majbur boʻlgan va film jarayonlarida rus tilida soʻzlashish darajasini mukammallashtirishga harakat qilgan. Hozirgi kunga kelib aktrisa rus tilida hech qanday aksentlarsiz soʻzlashadi.
Emir Kusturica belgradlik taksi haydovchisi sifatida kichik rol oʻynagan. Ijrochi prodyusser Anastasia Pelevinaning aytishicha aktyor filmning Serbiya hududida olinishi kerak boʻlgan qismi uchun rejissyor boʻlishi kerak edi. Ammo, aktyorning ish jadvali bunga toʻgʻri kelmaganligi sababli film rejissyori boʻlish nasib etmagan.
Suratga olish
tahrirFilmda rol oʻynash aktyorlardan yetarli harbiy mahorat talab etardi, shu sababli ular ikki oy mobaynida oʻq otish va jismoniy ogʻir mashgʻulotlar bilan shu’gʻullanishdi. Film bir necha davlatlarda suratga olindi. Masalan, Moskva, Moskva viloyati, Qrim, Rossiya va Serbiya.
Namoyishi
tahrirFilmning premyerasi 2019-yil 21-martda bòlib òtgan va aynan shu kuni ushbu kinofilm Rossiya, Serbiya, Qirgʻiziston, Armaniston, Belarusiya va Qozogʻiston kabi davlatlarda namoyish etilgan.
Havolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „The Balkan Line“. Box Office Mojo. Qaraldi: 1-avgust 2024-yil.
- ↑ „The Balkan Line“. Box Office Mojo. Qaraldi: 2019-yil 22-may.
- ↑ „"Спасти Ленинград" и "Звёздные войны": самые ожидаемые фильмы 2019 года“ [Saving Leningrad and Star Wars: the most anticipated films of 2019] (Russian). RIA Novosti (2019-yil 10-yanvar).
- ↑ Dabb, Dmitriy „«Самые ожидаемые фильмы 2019 года“ [“The most anticipated films of 2019] (Russian). Vzglyad (2019-yil 2-yanvar).
- ↑ „Сиквелы, байопики, экранизации бестселлеров: самые ожидаемые фильмы 2019 года“ [Sequels, biopic, best-seller film adaptations: the most anticipated films of 2019] (Russian). RIA news Crimea (2019-yil 12-yanvar).
- ↑ „Балканский рубеж, 2018“ (Russian). Kinoafisha.info.
- ↑ Kolenskiy, Aleksey „Анонс-2019“ [Announcement-2019] (Russian). Kultura (2018-yil 28-dekabr).
- ↑ „Гоша Куценко 15 сентября начнет сниматься на Балканах в новом фильме“ (Russian). ТАСС. TASS (2017-yil 18-avgust). Qaraldi: 2019-yil 17-iyun.
- ↑ „The Balkan Line (2019) Full Cast & Crew“. IMDb.
- ↑ „Gosha Kutsenko in the second trailer of the film The Balkan Line“. Film.ru. 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-avgust.