Boris Namatiyev
Boris abo Davidovich Namatiyev (1930-yil, Buxoro yoki Kerki, SSSR — 2016-yil 19-yanvar, Quddus, Isroil) — sovet, tojik, oʻzbek va isroillik xonanda, musiqachi va teatr aktyori. Boris Davidovich buxoro yahudiylaridan edi. U 1989-yilda Tojikiston SSR xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan. Buxorolik yahudiylar, tojik va oʻzbek mumtoz qoʻshiqlarini hamda shashmaqomni maromiga yetkizib kuylagan mashhur ijrochilaridan biri. U dramatik tenor ovoziga ega edi.
Boris abo Davidovich Namatiyev | |
---|---|
Tavalludi |
1930 |
Vafoti | 19-yanvar 2016 |
Janrlar | |
Kasbi | |
Faoliyat yillari | 1944—2016-yilgacha |
Leybllar | |
Fuqaroligi |
SSSR Tojikiston Isroil |
Biografiyasi
tahrirBaʼzi maʼlumotlarga koʻra, u Buxoroda (Oʻzbekiston SSR), baʼzilarida esa Kerkida (Turkman SSR) tugʻilgan. 14 yoshida Buxoro yoshlar teatrida ish boshlaydi. 1948-yilda 18 yoshga toʻlgach, Dushanbedagi Laxuti nomidagi tojik drama teatriga taklif qilinadi. Dastlab shu teatrda doirachi — doira ijrochisi boʻlib ishlagan.
Bir kuni, „Yettinchi kecha“ (" Ming bir kecha " asari asosida) spektakli bosh rol ijrochisi kasal boʻlib qolgach, rejissyor bu rolni Boris Namatiyevga yuklangan edi. Boris Namatiev shu dargohda 44-yil (1948—1992-yillar) davomida u faoliyat yurib tanildi va xalq mehriga sazovor boʻldi. 1970-yilda Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist unvoni, 1989-yilda esa Tojikiston SSR xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan. Boris Namatiyev teatrda aktyorlik faoliyati bilan bir qatorda, shashmaqomning mashhur ijrochilaridan ham edi. 1988-yilda „Zulfi pareshon“ albomi, 1990-yilda esa ikkinchi albomini chiqargan.
SSSR parchalanganidan soʻng, 1992-yilda Tojikistonda fuqarolar urushi boshlanishi sababli u oilasi bilan Tojikistondan Isroilga koʻchib oʻtgan. Isroilga koʻchib oʻtgach, Namatiyev ijodiy faoliyatini toʻxtatmay, qoʻshiq aytishda davom etdi.
Yahudiy-tojik tilidan tashqari, u ivrit, tojik, oʻzbek va rus tillarida soʻzlashgan.