Boris Vladimirovich Preobrajenskiy (1937-yil 11-iyul, Samarqand – 2016-yil 21-yanvar, Vladivostok) – sovet va rus ekolog olimi, biologiya, geologiya va geografiya boʻyicha mutaxassis. Rossiya Fanlar akademiyasining Uzoq Sharq boʻlimi Tinch okeani geografiya instituti dengiz landshaftlari laboratoriyasining tashkilotchisi va birinchi rahbari, Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan ekolog. Geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.

Namoz Berdiyev Berdiyevich
Tavalludi 11-iyul 1937-yil
Samarqand, SSSR
Vafoti 21-yanvar 2016-yil(2016-01-21)
(78 yoshda)
Vladivostok, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Sohasi ekolog, geolog
Ish joylari Tinch okeani geografiya instituti
Taʼlimi Voronej davlat universiteti

Boris Preobrajenskiy Primorsk oʻlkasining ekologik muammolari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashi va Uzoq Sharqning dorivor va oʻsimlik resurslari boʻyicha kengashining raisi boʻlgan. Boris Preobrajenskiyning paleontologik va ekologik tadqiqotlari Rossiyada va xorijda keng eʼtirofga sazovor boʻldi. Marjonlarning hayot shakllarining zamonaviy matritsali tasnifi va nomenklaturasi muallifi[1].

Hayoti tahrir

Preobrajenskiy Oʻzbekiston SSRning Samarqand shahrida tugʻilgan. Olimning ota-onasi geolog boʻlgan, otasi Vladimir Petrovich Smirnov (1884, Fort Karabutak) geologiya-mineralogiya fanlari doktori, geologiya professori, Angliya Fanlar akademiyasining aʼzosi, onasi Vera Nikolayevna Preobrajenskaya (1902) geologiya-mineralogiya fanlari doktori, Voronej davlat universitetining tarixiy geologiya va paleontologiya kafedrasi mudiri.

Urushdan oldin u oilasi bilan Toshkentga koʻchib oʻtadi va u yerda Stalin nomidagi 50-harbiylashtirilgan maktabga oʻqishga kiradi. 1945-yilda u Voronejga koʻchib oʻtdi. 1954-yilda maktabni kumush medal bilan tugatgan[2]. 1959-yilda Voronej davlat universitetini muhandis-geolog mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. Geologik qidiruv va foydali qazilmalar konlarini qidirish boʻyicha mutaxassis.

1959−1970-yillarda SSSR Geologiya vazirligining Magadandagi Shimoliy-Sharqiy geologiya boshqarmasining markaziy ekspeditsiyasi katta geologi, guruh rahbari boʻlgan[3]. SSSR Davlat geologik xaritasi (1:200000 masshtabli) muallifi.

19701982-yillarda katta ilmiy xodim, guruh rahbari, tropik dengizlar laboratoriyasi mudiri, Dengiz biologiyasi instituti direktorining fan boʻyicha oʻrinbosari boʻlgan.

1982−1993-yillarda Rossiya Fanlar akademiyasining Uzoq Sharq boʻlimi dengiz landshaftlari laboratoriyasi mudiri.

1993−1994-yillarda Vladivostok shahar maʼmuriyatining ekologiya boʻlimi boshligʻi boʻlgan.

1994-yildan umrining oxirigacha Rossiya Fanlar akademiyasining Uzoq Sharq boʻlimi dengiz landshafti laboratoriyasi mudiri, bosh ilmiy xodim.

1973-yildan 1989-yilgacha Fanlar akademiyasi kemalarida koʻplab xorijiy dengiz ekspeditsiyalariga rahbarlik qilgan.

Mukofotlari tahrir

Boris Preobrajenskiy 1987-yil UNESKOning „Inson va biosfera“ dasturini ishlab chiqqani uchun medal, 1999-yil „Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan ekolog“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Manbalar tahrir

  1. „Во Владивостоке умер заслуженный эколог России профессор Борис Преображенский — Новости Владивостока на VL.ru“. www.newsvl.ru. 2016-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 31-yanvar.
  2. „Преображенский, Борис Владимирович — Letopisi.ru“. 2017-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 31-yanvar.
  3. 2016-01-26 00:33:00 Scuba_kitten Scuba_kitten 2016-01-26 00:33:00 Scuba_kittenwrote. „Б.В. ПРЕОБРАЖЕНСКИЙ“. 2017-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 31-yanvar.