Borsakelmas koʻli
Borsakelmas koʻli (yoki Borsa Kelmas koʻli, Borsa kelmas chuqur koʻli) — Ustyurt platosida joylashgan boʻlib, bundan taxminan 30 million yil muqaddam Tetis nomli qadimiy dengizning bir qismi boʻlgan. Bugungi kunga kelib dengiz oʻrnida Qizilqum, Qoraqum, Ustryurt platosi va bu koʻl qolgan[1].
Borsakelmas koʻli Borsa Kelmas koʻli, Borsa kelmas chuqur koʻli? | |
Mamlakatlar | Oʻzbekiston Qoraqalpogʻiston |
Dengiz sathidan balandlik | 100 metrgacha m |
Koʻlning vujudga kelishi va nomlanishi
tahrirUstyurt platosining asosini yerning geologik tarixida roʻy bergan mezozoy hamda paleozoy davrlaridagi oʻzgarishlardan hosil boʻlgan qoldiqlar tashkil etadi. Tektonik harakatlar, shamol va suvning taʼsiri tufayli Ustyurt platosi hosil boʻlgan. Koʻp million yillar mobaynida gips va loydan chuqur balchiq qatlami paydo boʻlgan. Tabiiy devorlarning balandligi 50—60 metr, ayrim joylarda esa 100 metrgacha yetadi[2].
Rivoyatlarga koʻra, shoʻrxoklik ichida mavjud boʻlgan qadimiy qalʼaga miloddan avvalgi IV asrda yashagan Farasman ismli Xorazm hukmdoriga tegishli ekanligi aytilgan koʻp miqdorda oltin koʻmilgan. Koʻp asrlar davomida bu oltinni izlab kelgan odamlar izsiz gʻoyib boʻlib, bu yerdan qaytib kelmagan. Shu sababli ham „borsang, qaytib kelmaysan“ degan gap tarqalib, bu joylarga shunday nom berilgan[3]. Koʻlning nomlanishi haqiqatga toʻgʻri kelishi aytiladi. Chunki koʻlga yaqinlashish juda xavfli boʻlib, koʻl hududi koʻplab jarliklar va ingicha tuz qatlami bilan qoplangan. Shuningdek, koʻlning tuz bilan qoplanmay qolgan qismlariga ham duch kelish mumkin. Ammo, mahalliy aholining soʻzlariga koʻra, agar rezina etiklar kiyib olinsa, botqoqlikdan eson-omon oʻtish va koʻlning ustki qismigacha chiqib olish mumkin, u yerda esa xuddi tosh kabi qattiq boʻlgan tuzli koʻl boʻylab sayr qilish imkoni mavjud[4].
2023-yil sentyabr oyida mashhur amerikalik ultramarafonchi Dean Karnazes va Kulikov jahon hamjamiyatining eʼtiborini Orol dengizi ekologik fojiasiga jalb etish maqsadida, „Borsa Kelmas“ koʻli hududi boʻylab 42 km masofani bosib oʻtishni rejalashtirgan edi[5].
Manbalar
tahrir- ↑ „Albatta borish kerak boʻlgan Oʻzbekistonning 20 ta ajoyib joylari | Odam.uz – Odamlar uchun veb-sayti“ (ru). Odam.uz-Odamlaruchunveb-sayti. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
- ↑ uz, Kun „O‘zbekistondagi albatta borish kerak bo‘lgan 20 ta ajoyib joy“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
- ↑ „«Borsa kelmas», Sariqamish, Sudoche, Qoplonqir... Sarguzashtlarga toʻla to‘rt kun“. 2023-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-oktyabr.
- ↑ Aniq.uz „O‘zbekistonning Borsa kelmas ko‘li“ (uz). Aniq.uz (2020-yil 2-avgust). Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Din Karnazes "Borsa-Kelmas" quruq koʻlining tubi boʻylab 42 km masofani bosib oʻtadi“. 2023-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-oktyabr.