Boshaustun boshi, yuqorigi bezalgan qismi. B. ustun tepasiga toʻsin, zavarrov ostidan qoʻyiladi. Asosan qattiq yogʻochdan oʻyib, kesib shakl berib tayyorlanadi va naqshlar bilan boʻyab bezatiladi. Konussimon, sodda girih naqshli, yulduzsimon koʻp qirrali (asosan sakkiz qirrali) shakllarda ishlanadi (qarang Kama muqarnas). Turar joy va jamoat binolari qurilishida, ayvon ustunlarini bezashda foydalaniladi (mas. Bolohovuz masjidi, Qoʻqon jome masjidi, Tosh hovlidagi B.lar oʻziga xos uslubda toʻsinlarga uygʻunlashtirib serhasham bezak hosil qilib ishlangan).

Yana q. Kapitel.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil