Boshliq mahallasi
"Boshliq" Mahallasi-(„Boshliq“, 19a-uy)-Yakkasaroy tumanidagi mahalla. „Qushbegi“ mahallasi bilan chegaradosh. Mahalla 1981-yilga qadar mayda koʻchalardan tashkil topgan. 1981-yildan ular oʻrniga koʻp qavatli binolar qurilib, „Boshliq“ mavzesi deb nom berilgan, mahalla nomi shundan olingan. Aholisi 8226 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, tatar, qozoq, ozarbayjon va boshqalar ham yashaydi(2008). Mahalla hududida 3 koʻcha, 2 bolalar bogʻchasi, oʻrta maktab, 13 oziq-ovqat doʻkoni, 2 xoʻjalik mollari doʻkoni, 5 oshxona, 3 kafe, 4 sanoat korxonasi, 2 novvoyxona mavjud[1].
Boshliq Boshliq mahallasi | |
---|---|
Mahalla | |
Mamlakat | O'zbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Yakkasaroy |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 (71) |
Pochta indeks(lar)i | 700013 |
Avtomobil kodi | 01 |
Manbalar
tahrir- ↑ Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 149-bet.