Bosniya va Gersegovinada inson huquqlari

Bosniya va Gersegovinadagi inson huquqlari bilan bogʻliq vaziyat bir necha yillar davomida hukumatlararo tashkilotlar, jumladan, BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi, Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudi va Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, shuningdek, Human Rights Watch va Amnesty International kabi xalqaro va mahalliy nodavlat tashkilotlar tomonidan; Bosniya va Gersegovina hukumati loʻlilar va yahudiylar kabi etnik va diniy ozchiliklarga nisbatan etnik va diniy kamsitilishlar uchun; mamlakat hukumati Bosniya urushidan keyin ichki miqyosda koʻchirilgan fuqarolar bilan munosabati va boshpana soʻraganlarga oziq-ovqat, boshpana va tibbiy yordam kabi resurslarni taqdim eta olmagani uchun tanqid qilingan. Bosniya jurnalistlari assotsiatsiyasi „BH Novinari“ maʼlumotlariga koʻra, ommaviy axborot vositalari erkinligi Bosniya va Gersegovinada muammo boʻlib, jurnalistlar hukumat tomonidan hujumlar, tahdidlar va bosimlarga duch kelmoqda.

Tarixi

tahrir

Yugoslaviya parchalanganidan keyin Bosniya va Gersegovina jamiyatida etnik mojaro asosiy hodisaga aylanadi[1]. Aholi asosan uch asosiy etnik guruh; musulmon bosnyaklar; katolik xorvatlar va pravoslav serblar tashkil topgan[1]. Ushbu etnik mojaro Bosniya va Gersegovina Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasidan mustaqillikka erishganidan keyin 1992-1995-yillar oraligʻida sodir boʻlgan Bosniya urushiga olib kelgan[2]. Urush natijasida 101 000 dan ortiq kishi halok boʻlgan[3]. Urush jinoyatlari va inson huquqlarining buzilishi barcha millat vakillari tomonidan amalga oshirilgan[2]. Urush jinoyatlari boʻyicha eng koʻp ayblovlar serblarga qarshi qoʻyilgan[2].

Etnik va diniy kamsitilish

tahrir

2019-yilda Jahon banki loʻlilarni kamsitish Gʻarbiy Bolqon mamlakatlarida, shu jumladan Bosniya va Gersegovinada jiddiy muammo ekanligi aniqlangan hisobotni eʼlon qildi. Hisobotda aytilishicha, Bosniya aholisining 1,7% ni tashkil etuvchi loʻlilar loʻli boʻlmagan aholiga qaraganda sogʻliqni saqlash, taʼlim, ish va uy-joy kabi asosiy xizmatlardan foydalanishda koʻproq qiyinchiliklarga duch kelishmoqda[4].

Human Rights Watch xalqaro nohukumat tashkiloti 2020-yil uchun yillik hisobotida Bosniya va Gersegovinada etnik va diniy ozchiliklarga nisbatan kamsitish inson huquqlari boʻyicha jiddiy muammo boʻlib qolayotganini taʼkidlagan[5]. Bosniya va Gersegovina Konstitutsiyasi mamlakatdagi ikki yirik ozchilik guruhi boʻlgan yahudiy va loʻli kabi etnik ozchiliklarning saylovda qatnashishini taqiqlaydi[5].

Bosniya va Gersegovina Konstitutsiyasining murakkabligi 1995-yilda Bosniya urushi[1] oxirida imzolangan Dayton tinchlik kelishuvining natijasidir.

Bosniya jamiyatida etnik millatchilik va etnik oʻziga xoslik siyosati muhim rol oʻynaganligi sababli, Bosniya Konstitutsiyasida hukumat prezidiumi toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan uchta aʼzodan iborat boʻlishi kerakligi belgilagan[1]. Prezidium aʼzolari bittadan bosniyaliklar, xorvatlar va serblar tomonidan saylanadi[1]. Prezidentlikka nomzod faqat yuqoridagi etnik guruhlardan biriga mansub boʻlishi kerak. Nomzod boshqa etnik guruhlardan boʻlsa, saylovda qatnashish huquqiga ega emas. Bu qoida loʻlilar va yahudiylar kabi etnik ozchiliklarga, shuningdek uchta asosiy etnik guruhning biridan ortigʻiga mansub boʻlgan shaxslarga prezidentlikka nomzod boʻlish imkonini bermaydi[1]. Bundan tashqari, bosniyaliklar, xorvatlar va serblar faqat oʻz etnik guruhiga mansub boʻlgan bitta nomzodga ovoz berishi mumkin[1].

Etnik kelib chiqishiga koʻra saylanish huquqiga qoʻyilgan bu cheklovlar munozarali va Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudi[5] kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan tanqid qilingan. 2009-yilda Sejdich va Finchi Bosniya va Gersegovinaga qarshi ishida Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudi Bosniya Konstitutsiyasini kamsitish va Inson huquqlari boʻyicha Yevropa konvensiyasiga zid deb topgan[6].

Harbiy jinoyatlar

tahrir

1992—1995-yillardagi Bosniya urushi davrida koʻp sonli inson huquqlari buzilishi sodir boʻlgan[7]. Bularga etnik tozalash, suddan tashqari qotillik, zoʻrlash va qiynoqlar kiradi[7] . 2017-yil dekabr oyida Sobiq Yugoslaviya boʻyicha Xalqaro jinoiy tribunal, Bosniya urushi davrida sodir boʻlgan harbiy jinoyatlarni taʼqib qilish uchun yaratilgan BMT sudi[8] yopilgan. Oʻshandan beri milliy sudlar urush paytida sodir etilgan urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlarni taʼqib qilish uchun javobgardir[8]. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi tomonidan tayyorlangan BMT Inson Huquqlari Kengashining Bosniya va Gertsegovina boʻyicha hisobotida Bosniya va Gersegovinaning ichki sudlari urush jinoyatlari boʻyicha taʼqib qilishni sekinlik bilan yakunlayotganidan xavotir bildirilgan[9]. Urush davridagi zoʻrlash va qiynoq qurbonlari adolatga erishishda koʻplab qiyinchiliklarga duch kelishadi va agar ularning ishi muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, 5000 yevrogacha boʻlgan sud xarajatlariga duch kelishadi[3].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 Nardelli, Alberto; Dzidic, Denis; Jukic, Elvira. „Bosnia and Herzegovina: the world's most complicated system of government?“. The Guardian (2014-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 13-fevral.Nardelli, Alberto; Dzidic, Denis; Jukic, Elvira (2014-10-08). „Bosnia and Herzegovina: the world’s most complicated system of government?“. The Guardian. ISSN 0261-3077. Data obraщeniya: 13 fevralya 2020.
  2. 2,0 2,1 2,2 Lampe, John R. „Bosnian War“. Encyclopaedia Britannica. Qaraldi: 2020-yil 20-fevral.
  3. 3,0 3,1 Gadzo, Mersiha „Court fees and fear: Bosnia war rape victims struggle“. Al Jazeera. Qaraldi: 2020-yil 21-fevral.
  4. „Breaking the Cycle of Roma Exclusion in the Western Balkans“. World Bank. Qaraldi: 2020-yil 13-fevral.
  5. 5,0 5,1 5,2 „World Report 2020: Rights Trends in Bosnia and Herzegovina“. Human Rights Watch (2020-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 13-fevral.
  6. „CASE OF SEJDIĆ AND FINCI v. BOSNIA AND HERZEGOVINA“. European Court of Human Rights (2009-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 13-fevral.
  7. 7,0 7,1 Garms, Ulrich; Peschke, Katharina (2006-05-01). "War Crimes Prosecution in Bosnia and Herzegovina (1992–2002)". Journal of International Criminal Justice 4 (2): 258–282. doi:10.1093/jicj/mql015. ISSN 1478-1395. http://academic.oup.com/jicj/article/4/2/258/888728/War-Crimes-Prosecution-in-Bosnia-and-Herzegovina. 
  8. 8,0 8,1 „World Report 2019: Rights Trends in Bosnia and Herzegovina“. Human Rights Watch (2018-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 13-fevral.
  9. United Nations Human Rights Council „Report of the Office of the United Nations High Commissioner for Human Rights: Compilation on Bosnia and Herzegovina“. undocs.org (2019-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 13-fevral.