Botirma mahallasi
Botirma mahallasi – Chilonzor tumanidagi mahalla(17-mavze,51). Noʻgʻayqoʻrgʻon, 2-Qatortol, Mehrjon mahallari bilan chegaradosh. 1982-yil „17-mavze“ nomi bilan tashkil topgan, 1992-yil aprelda mahalla qoʻmitasiga yuridik shaxs maqomi berilgan. 2006-yildan Botirma deb nomlangan. Aholisi 5150 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, ruslar, tatarlar va boshqalar yashaydi(2009). Mahalla hududida 3 ta bolalar boʻgʻchasi, Y.Rajabiy nomidagi pedagogik kollej, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, „Parlament“ kafesi, internet klub, kompyuter oʻquv markazi, oziq-ovqat doʻkonlari mavjud[1].
Botirma Botirma mahallasi | |
---|---|
Mahalla | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Chilonzor |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 (71) |
Pochta indeks(lar)i | 700035 |
Avtomobil kodi | 01 |
Manbalar
tahrir- ↑ Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 144-bet.