Bounty
Bounty (talaffuzi: Baunti; inglizchadan „bounty“ – „saxiylik“) – Amerikaning Mars kompaniyasi tomonidan Yevropa, Okeaniya va Yaqin Sharq mamlakatlarida ishlab chiqariluvchi shokolad bilan qoplangan kokos magʻzli konfet.
Mahsulot turi | shokolad bari |
---|---|
Egasi | Mars |
Mamlakat | Birlashgan Qirollik va Kanada |
Ishlab chiqariladi | 1951 |
Shior | „The taste of paradise“ |
Ikki xil – sutli va qora shokolad bilan ishlab chiqariladi. Sutli batoncha havo rangli, qora shokoladlisi esa qizil-jigarrang oʻramda boʻladi. 2007-yildan beri qora shokoladli batonchalar postsovet hududida sotilishni toʻxtatgan, ammo 2011-yilda ular yana sotuvga chiqqan. Mango va ananas taʼmiga ega xillari mavjud.
Mahsulot reklama roliklari tropik orolda, koʻpincha Tailandning Koh Samui oroli fonida suratga olinadi. Reklama shiori: „Bounty – samoviy zavq“, tom maʼnoda ingliz tilidan tarjima qilganda: „Jannat taʼmi“ („The taste of Paradise“) maʼnosini anglatadi.
1990-yillarning oʻrtalaridan beri Bounty shokolad barlari Amerika Qoʻshma Shtatlarida ishlab chiqarilmaydi, lekin Yevropadan import qilinadi.
2021-yil 5-oktabrda Mars xomashyo yetkazib berishdagi qiyinchiliklar tufayli xaridorlarni Bounty shokolad barlarini yetkazib berishni cheklash haqida ogohlantiradi. Ushbu muammolar kokos yongʻogʻi yoʻqligi tufayli 2022–yilgacha davom etishi mumkinligi aytiladi[1].
Tarkibi
tahrirYaroqlilik muddati: ishlab chiqarilgan kundan boshlab taxminan 7 oy, mahsulot +5 °C dan +22 °C gacha boʻlgan haroratda 70% dan ortiq boʻlmagan nisbiy namlikda saqlashni talab qiladi. Tarkibi: quritilgan kokos magʻzi, shakar, glyukoza siropi, emulsifikator (glitserin monostearat), namlik regulyatori (glitserin), tuz, vanilin. Shokolad tarkibi: shakar, kakao moyi, sut kukuni, kakao massasi, laktoza, sut yogʻi, emulsifikator (lesitin), vanilin, yogʻsiz sut kukuni. Shokoladdagi trans yogʻlar 1% dan oshmaydi.
Manbalar
tahrir- ↑ „С кокоса не снимается стружка“ (ru). www.kommersant.ru (2021-yil 5-oktyabr). 2021-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-oktyabr.