Bristol jomʼe masjidi
Bristol jomʼe masjidi — Angliyaning Bristol shahri Totterdown hududidagi masjiddir. Bu Bristoldagi birinchi masjid boʻlib, hozirda Angliyaning janubi-gʻarbiy qismidagi eng katta masjid hisoblanadi. Bino foydalanilmay qoʻyilgan cherkov oʻrnida ochilgan boʻlib, 1968-yilda sotib olingan va masjidga aylantirilgan. Keyinchalik u gumbaz va minora bilan bezatilgan[1].
Masjid | |
Bristol jomʼe masjidi
| |
Mamlakat | Angliya |
Mamlakat | Birlashgan Qirollik |
Hudud | Totterdown |
Shahar | Bristol |
Koordinatalar | 51°26′32″N 2°34′55″W / 51.44213°N 2.58195°W |
Asosiy sana: 1968-yil
| |
Hajmi | 840 kishilik |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbaz balandligi | 48.5 m |
Gumbaz yoʻgʻonligi | 25.5 m |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar balandligi | 88 m |
Tavsifi
tahrirMasjidda bitta gumbaz va bitta minoraga ega. Masjidda erkaklar ham, ayollar ham namoz oʻqishlari mumkin; asosiy zal (700 kishilik) va alohida ayollar namozxonasi (140 kishilik) bor[2]. Binoda, shuningdek, bolalar uchun sinf xonalari va diniy bayramlar va boshqa uchrashuvlarni oʻtkazish uchun tadbirlar zali mavjud. Asosiy zalda yogʻochdan qilingan minbar oʻrnatilgan[3]. Masjid islomning barcha anʼanalari va Bristolning musulmon boʻlmagan jamoasi uchun ochiqdir. Bristol jom’e masjidi roʻyxatdan oʻtgan xayriya tashkiloti va 2009-yilda tashkil etilgan shahardagi masjidlarning koʻp konfessiyali tashkiloti Bristol Masjidlari Kengashi (CBM) aʼzosi hamdir[4].
Tarixi
tahrirBristol jom’e masjidi dastlab Anglikan missiyasi xonasi boʻlib, 1889-yilda qurilgan va 1964-yilda yopilgan Sant-Katherine cherkovi oʻrnida joylashgan[5]. 1968-yilda Bristol musulmonlari assotsiatsiyasi foydalanilmayotgan binoni cherkov kengashidan konvertatsiya qilish uchun sotib olgan[3][5]. 1980-yilda inshootga gumbaz va minora qoʻshilgan[3]. Bu Bristoldagi birinchi masjid boʻlib, hozirda Angliya janubi-gʻarbiy qismidagi eng katta masjiddir[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Jamia Mosque Bristol“. Victoria County History. Qaraldi: 2015-yil 12-mart.
- ↑ „Bristol Jamia Mosque“. Mosques map. Qaraldi: 2015-yil 12-mart.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 „The Bristol Jamia Mosque“. M Shed. Qaraldi: 2012-yil 17-iyul.
- ↑ „Bristol Jamia Mosque“. All Mosques Together. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-mart.
- ↑ 5,0 5,1 „Bristol Jamia Mosque“. Victoria County History. Qaraldi: 2019-yil 5-yanvar.