Brown harakati — muallaq zarralarning muhit molekulalari taʼsirida suyuqlik yoki gazlarda tartibsiz harakatlanishi. 1827-yilda Robert Brown kashf etgan. Brown harakati tezligi muhittrasi, qovushoqligi va zarra oʻlchamlariga bogʻliq. 1905—06-yillarda Albert Eyinshtein, polyak fizigi Marian Smoluchowski va fransuz fizigi Jean Baptiste Perrinning ishlari natijasida Brown harakati atom va molekulalarning issiqlik harakati ekanligi isbotlandi. Suyuqlik yoki gazdagi har bir Brown zarrasiga muhit molekulalari bir sekundda taxminan 1012-marta zarba berib turadi. Zarra oʻlchami katta boʻlsa, har tomonlama turtkilar taʼsirida u muvozanatlashadi va tinch holatda qoladi. Zarra oʻlchami kichik boʻlsa, statistik muvozanat buziladi, natijada Brown zarrasi tartibsiz harakatda boʻladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil