Bruno Edmund Pezzey (1955-yil 3-fevral - 1994-yil 31-dekabr) - avstriyalik professional futbolchi, Frankfurtning Ayntraxt va Avstriya milliy terma jamoasi safida himoyachi sifatida o‘ynagan.

Bruno Pezzey
Pezzey 1978-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Bruno Edmund Pezzey
Tavallud sanasi 3-fevral 1955-yil
Tavallud joyi Lauterach, Avstriya
Vafot sanasi 31-dekabr 1994-yil(1994-12-31)
(39 yoshda)
Vafot joyi Innsbruck, Avstriya
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1965–1973 FC Lauterach
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1973–1974 FC Vorarlberg 28 (3)
1974–1978 Wacker Innsbruck 129 (19)
1978–1983 Eintracht Frankfurt 141 (27)
1983–1987 Werder Bremen 114 (18)
1987–1990 Swarovski Tirol 86 (6)
Milliy terma jamoa
1975–1990 Avstriya 84 (9)
Boshqargan klublari
1991–1993 Avstriya U-21
1993–1994 Avstriya
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klubdagi karyerasi tahrir

Avstriyaning barcha davrlardagi eng zo‘r himoyachilaridan biri sifatida e'tirof etilgan Pezzey o‘zining professional faoliyatini mahalliy "Vorarlberg" jamoasi safida boshlagan va bor-yo‘g‘i bir mavsumdan so‘ng "Wacker Insbruk" klubiga o‘tib, ikki marta liga chempionligini va ichki chempionat kubogini qo‘lga kiritgan. Keyinchalik Pezzey 1978-yilda Frankfurtning «Ayntrax» klubiga qo‘shildi[1]. Ayntrax safida u UEFA kubogi va DFB-Pokal sovrinini qo‘lga kiritdi. "Verder" bilan to‘rt mavsum davomida biror marta Yevropa chempioni bo‘la olmadi (lekin ikki marta liga chempioni bo‘ldi) lekin, shunga qaramasdan u 1987-yilda Insbrukka qaytib, ikkita chempionat va ichki kubokni qo‘lga kiritdi.

Xalqaro karyera tahrir

Pezzey Avstriya terma jamoasi safida 1975-yil iyun oyida Chexoslovakiyaga qarshi o‘yinda debyut qildi va 1978-yilgi FIFA Jahon kubogi va 1982-yilgi Jahon kubogi ishtirokchisi bo‘ldi. Oxirgi turnirda u Madridda Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘yinda (2:2) Avstriyaning birinchi golini kiritdi. U terma jamoa safida 84 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi.[2] U 2016-yilda Fridrix Konsiliya bilan Avstriyaning barcha vaqtlardagi o‘yinchilari ro‘yxatida beshinchi o‘rinni egalladi[3]. Uning so‘nggi xalqaro maydonga chiqishi 1990-yil avgustida Shveytsariyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini bo‘ldi.

Vafoti tahrir

Pezzey 1994-yil Yangi yil arafasida xokkey o‘yinida qatnashganidan so‘ng, 40 yoshga to‘lishiga bir necha hafta qolganida, Insbruk kasalxonasida yurak yetishmovchiligidan vafot etdi[4]. Undan keyin xotini va ikki qizi yolg‘iz qoldi. Avstriyaning yoshlar klubi FC Lauterach o‘zining sport majmuasini uning sharafiga nomladi[5].

Yutuqlari tahrir

Wacker Insbrukda

  • Avstriya Bundesligasi : 1974–75, 1976–77
  • Avstriya kubogi : 1974–75

Ayntraxt Frankfurt

Swarovski Tirol

  • Avstriya Bundesligasi: 1988–89, 1989–90
  • Avstriya kubogi: 1988–89

Manbalar tahrir

  1. Arnhold. „Bruno Pezzey - Matches and Goals in Bundesliga“. RSSSF (2016-yil 9-iyun). Qaraldi: 2016-yil 10-iyun.
  2. Stokkermans. „Bruno Pezzey - International Appearances“. RSSSF (2016-yil 9-iyun). Qaraldi: 2016-yil 10-iyun.
  3. „Austria - Record International Players“. RSSSF (2012-yil 29-fevral). 2008-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-iyun.
  4. Hübner. „Trauer um Österreicher Pezzey“ (de). Berliner Zeitung (1995-yil 2-yanvar). 2012-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-dekabr.
  5. „Sportanlage Bruno Pezzey“ (de). FC Lauterach. Qaraldi: 2012-yil 19-dekabr.