Bursa
(Brusadan yoʻnaltirildi)
Bursa, Brusa — Turkiyaning shim.gʻarbidagi shahar. Bursa elining maʼmuriy markazi. Aholisi 835 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Muhim savdo-sanoat markazi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, metallurgiya, sement, yogʻochsozlik sanoati rivojlangan. Ipakchilik, ip gazlama, tamaki, yogʻmoy, koʻn poyabzal, avtomobil korxonalari bor. B. miloddan avvalgi 2-asrdan maʼlum. 1326—65 yillarda Usmonli turklar saltanatining poytaxti boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan Ulugʻ jome (1396— 1400) masjidi, Murod II masjidi (1424—27), Yashil jome (1424) masjidi, shifoxona (1394) va boshqa saqlangan. Unt bor.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |