Bryunetki i blondinki

„Zveri“ rus rok-guruhi ijro etgan qoʻshiq

Bryunetki i blondinki“ (ruscha: Брюнетки и блондинки, yaʼni „Qora sochli va malla sochli qizlar“) — „Zveri“ rus rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2007-yil eʼlon qilingan. Guruhning 2008-yil chiqarilgan „Dalshe“ nomli studiyaviy albomiga toʻrtinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq soʻzini guruh solisti Roman Bilik taganroglik shoir Viktor Bondarev bilan hamkorlikda yozgan, kuyini esa oʻzi mustaqil bastalagan. „Bryunetki i blondinki“ guruh repertuaridagi eng taniqli taronalarning biridir.

„Bryunetki i blondinki“
„Zveri“ qoʻshigʻi
„Dalshe“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2007
Yozib olingan 2007
Janr alternativ-rok
Davomiyligi 4:11
Matn muallif(lar)i Roman Bilik
Viktor Bondarev
Bastakor(lar) Roman Bilik
„Dalshe“ xronologiyasi
„Spasibo“ Bryunetki i blondinki „Tebe“
Klipi
„Bryunetki i blondinki“ YouTubeda

Boris Barabanov „Dalshe“ albomiga yozgan taqrizida „Bryunetki i blondinki“ qoʻshigʻiga quyidagicha baho bergan:

„Bryunetki i blondinki“ — „zavodyat — svodyat“ qofiyasi qoʻllangan shiddatli gopnik rok-n-roll [qoʻshiq] boʻlib, unda adresat bilan lirik qahramon birlashib ketgan[1].

Qoʻshiq uchun rejissyor Aleksandr Voytinskiy klip suratga olgan[2]. Unda Bilik bilan bir qatorda aktrisa Mariya Kulikova bosh rollarni oʻynagan. Klipda huquqni muhofaza qilish organi formasidagi Bilik klubda hordiq chiqarayotgan Kulikovani raqsga taklif qiladi. Kulikova hozircha buni istamasligini aytsa, Bilik nima istashini soʻraydi. Bunga javoban Kulikova qulupnay xohlayotganini aytadi. Bilik dastlab ofitsiantdan qulupnay borligi yoki yoʻqligi haqida soʻrab koʻradi. Rad javobini olgach, shahar koʻchalari boʻylab yugurib, qulupnay izlaydi. Klip soʻnggida dugonalari allaqachon tark etgan Kulikovaga qulupnay olib keladi. Bu safar Kulikovaning raqsga tushish taklifiga Bilik charchagani uchun rad javobini beradi. Pirovardida ikkisi juftlikka aylanib, klubda tanishganlarini kulib xotirlashadi.

Manbalar

tahrir
  1. Барабанов, Борис (21-noyabr 2008-yil). „Герои районного масштаба“. Коммерсантъ Weekend (ruscha). № 45. 33-bet. Qaraldi: 16-noyabr 2022-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. „Брюнетки и блондинки — Звери“ (ruscha). Репродуктор. Qaraldi: 16-noyabr 2022-yil.

Havolalar

tahrir