Bubble
Bubble (yaponcha: バブル Baburu ) 2022-yilda Yaponiyaning post-apokaliptik animesi sifatida Wit-Studio'da yaratilgan. Film Gen Urobuchi tomonidan yozilgan va unga Tetsurō Araki rejossyorlik qilgan. Takeshi Obata qahramonlarning dizaynini yaratgan va musiqasini Hiroyuki Sawano bastalagan. Filmning ilk namoyishi Berlin International Film Festival'da 10-fevral 2022-yil boʻlib oʻtgan[1]. Uning butun dunyo boʻylab chiqarilishi may oyida Yaponiyada teatrlashtirilgan holda namoyishidan oldin 28-aprel 2022-yilda Netflix tomonidan chiqarilgan[2][3][4]. Filmning manga adaptatsiyasi Erubo Hijihara tomonidan 22-apreldan 23-may (2022) gacha Shōnen Jump+'da chiqarildi[5][6].
Bubble | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Tetsurō Araki |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) |
|
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Hiroyuki Sawano |
Kinematografiya | Kazuhiro Yamada |
Muharrir(lar) | Aya Hida |
Studiya(lar) | Wit Studio |
Distribyutor |
|
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 100 daq. |
Mamlakat | Yaponiya |
Til | Yapon |
Daromadi | $509,309 |
Syujeti
tahrirYaqin kelajakda dunyo haqiqat qonunlarini buzadigan pufakchalarga duch keladi. Tokio minorasidagi portlash Tokiodagi barcha pufakchalar toʻplanishiga sabab boʻladi va pufaklar shaharni yashash uchun yaroqsiz qila boshlaydi. Cheklovlarga qaramay, koʻplab yoshlar u yerda yashashda davom etadi, parkour turnirlarini oʻtkazishadi va u orqali barter va savdo bilan shugʻullanishadi. Blue Blazes nomli jamoada 18 yoshli Hibiki parkourda ajoyib isteʼdod egasi, ammo u eshitish qobiliyatining oʻta sezgirligi tufayli shovqin joydan oʻzini olib qochadi. Tokio minorasi gravitatsion anomaliyalari tufayli u yerga borishning iloji yoʻq joy boʻlib qolishda davom etadi.
Bir kuni Hibiki minoraga chiqishga harakat qiladi, chunki u bir ayolning qoʻshigʻini eshitadi va u yerda bir bolakayni koʻrganiga ishonadi. U deyarli minoraga chiqayotgan paytida, okeanga tushib ketadi, okeanda choʻkayotgan Hibikining oxirgi nafasi bilan bir-necha pufakcha birlashib, yosh qizga aylanadi. Qiz ilk bora insonga aylanishiga qaramay, boshqalardan narsalarni tezda oʻrganadi. Hibiki unga „Uta“ („Qoʻshiq“) deb nom qoʻyadi, chunki qiz uning miyasida aylanib yurgan qoʻshiqni biladi. Uta va Hibiki birgalikda parkour turnirini oʻtkazishadi va Mortician/Undertakers deb nomlangan jamoani magʻlub etishadi, ammo finalda Uta Hibikiga tegib ketadi va qizning qoʻli pufakchalarga aylanib qoladi. Pufaklarning koʻpirishi yana boshlanadi va Tokio aholisi qochish uchun harakat qiladi. Uta bu xolatni toʻxtatish uchun Tokio minorasiga chiqadi. Hibiki uni qutqarish uchun uning ortidan boradi.
Yakuniy sahnada ular bir-birlarini qutqaradilar, lekin Uta Hans Christian Andersenning „Kichik suv parisi“ ertagidagi kabi pufakchalarga aylanadi. Pufakchalar gʻoyib boʻlishi bilan Tokio fuqarolari shaharga qaytib kelishadi.
Ovoz berganlar
tahrirQahramon | Yapon ovozi | Ingliz ovozi[7] |
---|---|---|
Hibiki | Jun Shison | Zach Agilar |
Hibiki (yosh) | Jeannie Tirado | |
Uta | Riria | Emi Lo |
Makoto | Elis Hirose | Erica Lindbeck |
Shin | Mamoru Miyano | Keith Silverstein |
Kay | Yuki Kaji | Robbie Daymond |
Usagi | Sayaka Senbongi | Laura Stahl |
Denki Ninja | Tasuku Hatanaka | Kyle McCarley |
Tashkilot rahbari | Marina Inoue | Cristina Vee |
Kanto Mad Lobster | Shin-ichiro Miki[8] | Chris Jai Alex |
Musiqasi
tahrirFilmning partiturasi Hiroyuki Sawano tomonidan yozilgan. Ochib beruvchi qoʻshiq „Bubble feat. Uta“ Eve tomonidan ijro etilgan boʻlsa, yakuniy qoʻshiq "Jaa ne, Mata ne." (yaponcha: じゃあね、またね。 , "See You, Catch You Later.") filmda Uta ovozini ijro etgan Riria (りりあ) tomonidan ijro etilgan[9].
Nomsiz | |
---|---|
Hiroyuki Sawano | |
Chiqarilgan sanasi | 11-may 2022 |
Davomiyligi | 73:28 |
Leybl | Toy's Factory |
Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining musiqasini Hiroyuki Sawano yaratgan.
№ | Nomi | Musiqa | Davomiyligi |
---|---|---|---|
1. | „BUBBLE“ | 1:58 | |
2. | „BATTLEKOUR“ | 5:21 | |
3. | „BB“ | 00:53 | |
4. | „JU-RYOKU“ | 2:35 | |
5. | „BB2“ | 2:29 | |
6. | „MERMAID“ | 4:18 | |
7. | „HIBIKI“ | 1:56 | |
8. | „UTAtoHIBIKI“ | 1:32 | |
9. | „UNDERTAKER“ | 2:15 | |
10. | „BBxUT“ | 3:20 | |
11. | „PARKOUR“ | 3:56 | |
12. | „UTA“ | 1:57 | |
13. | „2ndBUBBLE“ | 5:29 | |
14. | „TOWER“ | 5:57 | |
15. | „NE-SAMA“ | 2:20 | |
16. | „BUBBLE-cho.“ | 6:49 | |
17. | „BUBBLE-THEME“ | 3:54 | |
18. | „Bubble“ | Eve | 3:48 |
19. | „Bubble (TeddyLoid Remix)“ | Eve | 3:23 |
20. | „{{{1}}} (yaponcha: 色彩 Shikisai )“ | 5:13 | |
Jami davomiyligi: | 73:28 |
Qabul qilinishi
tahrirRotten Tomatoes sharh agregator veb-saytidagi 20 ta tanqid sharhlarining 50%i ijobiy. Metacritic sayti filmga „aralash yoki oʻrtacha sharhlar“ni koʻrsatuvchi 5 ta tanqidchi asosida 100 balldan 56 ball berdi.
Bubble kassada 509 309$ daromad koʻrgan[10].
Manbalar
tahrir- ↑ Loo. „Wit Studio's Bubble Anime Film Casts Alice Hirose, Sayaka Senbongi, Marina Inoue“. Anime News Network (14-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 14-yanvar 2022-yil.
- ↑ „虚淵玄×小畑健×荒木哲郎のオリジナルアニメ「バブル」22年5月公開 声優に志尊淳、宮野真守、梶裕貴ら“ (yaponcha). Eiga.com (7-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 7-dekabr 2021-yil.
- ↑ Pineda. „Netflix, Wit Studio Reveal Bubble Anime Film by Attack on Titan's Tetsuro Araki“. Anime News Network (7-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 7-dekabr 2021-yil.
- ↑ D'Alessandro. „Netflix 2022 Film Slate Touts 86 Titles Including Star-Studded Fare Knives Out 2, The Gray Man, The School For Good And Evil & More“. Deadline Hollywood (3-fevral 2022-yil). Qaraldi: 3-fevral 2022-yil.
- ↑ Mateo. „3 New Manga Launch on Shonen Jump+“. Anime News Network (11-aprel 2022-yil). Qaraldi: 11-aprel 2022-yil.
- ↑ Pineda. „Bubble Anime Film's Manga Ends on May 23“. Anime News Network (16-may 2022-yil). Qaraldi: 22-may 2022-yil.
- ↑ „Bubble (2022 Movie)“. Behind the Voice Actors. Qaraldi: 28-aprel 2022-yil.
- ↑ @NetflixAnime. „Bubble is coming to Netflix! Directed by Tetsuro Araki, animated by WIT Studio, and music composition by Hiroyuki Sawano! This gravity-bending, breathtaking adventure hits Netflix on April 28th, check out the first look at the characters 👇“.
- ↑ Pineda. „Wit Studio's Bubble Anime Film Reveals Singer Riria as Heroine, Theme Songs in Trailer“. Anime News Network (28-fevral 2022-yil). Qaraldi: 28-fevral 2022-yil.
- ↑ „Bubble (2022) box office“. Box Office Mojo. August 20, 2022. Retrieved August 20, 2022.
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayti (yaponcha)
- Bubble Netflixda
- Bubble IMDbda