BujumburaBurundi poytaxti. Tanganika koʻlining shim. sohilidagi port. Aholisi 236 ming kishi (1990). Mamlakatning eng yirik shahri, savdotransport va iqtisodiy markazi. Sement, pivo, paxta tozalash zavodlari, bir qancha toʻqimachilik fabrikalari, GES bor. Baliq ovlash va uni qayta ishlash sanoati rivojlangan. Hunarmandchilikda sopol buyumlari ishlab chiqariladi. Mamlakatning deyarli hamma tashki savdosi B. orqali olib boriladi. Chetga kofe, paxta, teri xom ashyosi, metall konsentratlari va boshqa chikariladi. Muhim transport yoʻllari tuguni. Shahar chekkasida xalqaro aeroport bor. B.da maxsus oʻquv yurtlari, universitet (1960-yildan) mavjud. Shaharga 1897-yilda asos solingan. 1922-yildan Belgiyaning mandati ostidagi, 1946—62 yillarda esa Belgiyaning vasiyligidagi hududning maʼmuriy markazi boʻlgan. 1962-yildan mustaqil Burundi davlatining poytaxti.

Bujumbura

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil