Bulungʻur dostonchilik maktabi

Bulungʻur dostonchilik maktabiBulungʻur tumani (Samarqand viloyati)dagi baxshilik sanʼati markazi.

Bunga mansub baxshilar qahramonlik dostonlarini ijro etish bilan mashhur boʻlganlar. Bu maktab repertuaridagi dostonlar soddaligi, oʻta anʼanaviy va nisbatan arxaikligi bilan ajralib turadi. 18—20-asrlarda yashagan Amin baxshi, Muhammad shoir, Chini shoir, Tovbuzar shoir, Qurbonbek shoir, Sultonmurod, Yoʻldoshbulbul, Yoʻldosh Mulla Murod ugʻli, Rahimbulbul, Joʻra shoir, Doʻstyor Xoʻjayor oʻgʻli, Xoʻjanazar baxshi, Fozil Yoʻldoshoʻgʻli, Yorlaqab Beknazar oʻgʻli kabi oʻnlab yirik dostonchilarni birlashtirgan bu maktab vakillari Bulungʻur, Jomboy, Poyariq, Gʻallaorol, Zomin, Jizzax atroflarida dostonchilik qilib yurganlar. Ular dostonlarni asosan doʻmbira, baʼzan qoʻbiz joʻrligida ijro, ettanlar. Bu maktab vakillaridan yozib olingan "Alpomish", "Yodgor", "Yusuf bilan Ahmad", "Mashriqo", "Balogardon", "Nurali", "Shirin bilan Shakar", "Rustam", "Murodxon", "Zevarxon" va boshqa dostonlar badiiy uslubi jihatidan Bulungʻur dostonchilik maktabi m.ga xos xususiyatlarni oʻzida mujassam etgan. Bulungʻur dostonchilik maktabi m. vakillari Fargʻona vodiysidagi oʻzbek dostonchilari, jumladan Yangiqoʻrgʻon tumanidagi Qoʻlbuqon dostonchilari ijodining shakllanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Bulungʻur dostonchilik maktabi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar tahrir

Mirzayev T., Sobirov O., Imomov K., Oʻzbek xalq ogʻzaki poetik ijodi, T., 1980.