Burchmulla zilzilasi — 1959-yil 24 oktabrda soat 23 dan 40 min. utganda sodir boʻlgan. Zilzila kuchi epitsentrda 8 ball, Toshkentda 5 ball. Magnitudasi M=5,8, epiiyentr 13 km chuqurlikda joylashgan.

Burchmulla zilzilasi oʻchogʻidan tarqalgan kuchli seysmik toʻlqinlar Burchmulla, Obirahmat, Yusufxona, Bogʻiston va Nanay qishloqlaridagi maktab, kasalxona, bolalar bogʻchalari, dam olish uylarini qattiq shikastlantirgan.

Yerda yoriqlar paydo boʻlib, togʻlardan koʻchgan tosh, shagʻallar yoʻllarni toʻsib qoʻygan. 60 kun davomida silkinishlar (5—6 ball) qaytarilib turgan. Bu davrda kup turar joylar vayron boʻldi. Zilzila oqibatlarini oʻrganish natijasida uning oʻchogʻi Piskom seysmogen yer yoriqlari zonasida joylashganligi aniqpangan. Qayta zilzila silkinishlari ichida eng kuchlisi (6 ball) 25 va 28 oktabrda sodir boʻldi. Bu zilzilalar epitsentrlari Chorvoq suv ombori ostida joylashgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil