Burgansoy
Burgansoy — Navoiy viloyati Xatirchi tumanilagi soy, Tasmachisoyning chap irmogʻi. Oqtogʻning janubiy yon bagʻridan 1600 m balandlikda Qoragʻachsoy nomi bilan boshlanadi, quyi oqimida Olmasavan deb ataladi. Uzunligi 23 km, havzasining maydoni 34,7 km². Soyga 50 dan ortiq irmoq qoʻshiladi. Burgansoyning yuqori oqimida vodiysi tor, daryo koʻp joylarida chuqur daralar orqali oʻtadi. Quyi oqimida vodiy 500-800 m gacha kengayadi. Burgansoy erigan qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Mavlon qishlogʻi yaqinida oʻrtacha yillik suv sarfi 275 l/sek. Bahor (mart — may) oylarida oʻrtacha suv sarfi 1 m’/sek gacha yetadi, yillik oqimning 60—75% shu davrda oqib oʻtadi. Boshqa fasllarda 50—100 l/sek gacha kamayadi. Baʼzan sel oqimlari kuzatilib, suv sarfi sekundiga 16,2 m³ gacha koʻpayadi.[1]
Burgansoy | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 23 |
Davlat | Oʻzbekiston |
Manbalar
tahrir- ↑ „Burgansoy“ Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |