Burhoniddin Marg‘inoniy mahallasi

Burhoniddin Margʻinoniy mahallasi — Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida joylashgan mahalla. Mahalla fuqarolar yigʻinida 2011-yildagi maʼlumotlarga koʻra 478 xonadon mavjud, 4 ming dan ziyod aholi istiqomat qiladi. Hududda 1 ta bolalar bogʻchasi, 2 ta oromgoh, 10 dan ortiq savdo shaxobchasi, 5 ta sartaroshxona, 15 ta qassobxona mavjud[1]. Mahalla nomi musulmon olamida Burhoniddin val-milla nomi bilan dong taratgan Abu-l-Hasan Burhoniddin Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljamil al-Fargʻoniy ar-Rishtoniy al-Margʻinoniy sharafiga qoʻyilgan.

Burhoniddin Margʻinoniy mahallasi Margʻilon shahar hokimligi tomonidan 1993-yil 24-oktabr kuni roʻyxatdan oʻtkazilgan. Mahalla raisi — Joʻrayev Nodirjon Qodirjonovich[2].

Yana qarang

tahrir

Maorif mahallasi

Manbalar

tahrir
  1. Nodirbek Abdulahatov „Marg'ilon mahallari tarixidan“. elib.buxdu. Andijon nashriyot matbaa, MChJ. 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-iyun 2023-yil.
  2. „"BURHONIDDIN MARG‘ILONIY" mahalla fuqarolar yig‘ini“. orginfo. Qaraldi: 4-iyun 2023-yil.