Maorif mahallasi
Maorif mahallasi — Fargʻona viloyati Margʻilon tumanida joylashgan mahalla. Maorif mahallasining oldingi nomi Podshoh Iskandar. Ushbu mahalla Margʻilon tumanining eng qadimgi mahallalaridan biridir. Qadimda bu hudud Podshoh Iskandar, Saytak, Yong‘oqzor, Ochiq hovuz, Tiloppaz singari katta-kichik turli mahallalardan iborat bo‘lgan[1].
Maorif | |
---|---|
Mahalla | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
{{{mintaqa_turi}}} | Margʻilon, Fargʻona |
Aholisi (2011) |
6 389 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Mahalla fuqarolar yigʻinida 14 ta koʻcha mavjud. Koʻchalar quyidagi nomlar bilan ataladi: Mustaqillik, J.Sultonov, Tillopaz, Zarafshon, Chorbog‘, S.Sheraliev, Ulug‘bek, Shaumyan, S.Ayniy, Lutfiy, Havas, Bozor ko‘cha, Orzu. 2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Maorif mahallasida 1502 xonadon va ularda 6389 mingdan ziyod aholi yashaydi. Mavzeda maktab, bolalar bogʻchasi, shifoxona, 4 sartaroshxona, 1 dorixona, 8 ta novvoyxona, 4 oshxona, 8 ta qassobxona mavjud[2].
Marg‘ilondagi Podshoh Iskandar ham „Iskandar Rumiy“, „Iskandar Yunoniy“, deya talqin etilgan Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr)ning islomlashtirilgan obrazidir. Qolaversa, o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo xalqlari orasida Iskandar Zulqarnayn shaxsining g‘oyat mashhurligi o‘z navbatida unga bag‘ishlab joylarda ziyoratgohlar barpo etishning muhim omillaridan biri bo‘lgan.
Mazkur mozor haqida dastlab maʼlumotlar 1812—1813-yillarda Qo‘qon xonligiga tashrif buyurgan Mir Izzatullo va Filipp Nazarovning kundaliklarida keltirib o‘tilgan. Rus zobiti F. Nazarov Marg‘ilon haqida so‘z yurtitar ekan Podshoh Iskandar mozoriga toʻxtalib o‘tadi: "Shaharning o‘rtasida ochiq ibodaxona shaklida ko‘rinishidagi bino qad ko‘targan. Uning ichida qizil rangli shoyi bayroq qo‘yilgan. Qo‘qonliklar uni muqaddas deb bilishadi. Afsonaga ko‘ra, bayroq Podshoh Iskandar (Aleksandr Makedonskiy)ga tegishli bo‘lib, u Hindistondan qayta turib qumliqda vafot etgan va shu yerga dafn etilgan[3].