Butanda viza siyosati
Butan Qirolligi viza siyosati turizmning mamlakatning oʻziga xos jamiyati va atrof-muhitiga taʼsirini kamaytirishga qaratilgan „yuqori qiymat, past hajm“ tamoyili asosida qattiq nazorat qilinadi[1]. Butan siyosati mamlakatga bir vaqtning oʻzida faqat chegaralangan miqdordagi sayyohlar kirishini taʼminlaydi. Bu esa mamlakatni ommaviy turizmdan himoya qiladi va uning oʻziga xosligini saqlaydi, shuningdek, tashrif buyurgan sayyohlar oʻz tashriflaridan eng yaxshi tajriba va qiymat olishlarini kafolatlaydi.
Butanga tashrif buyuruvchilar, agar ular vizadan ozod qilingan mamlakatlar fuqarolari yoki kelganda viza olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar boʻlmasa, albatta elektron viza olishlari shart. Barcha tashrif buyuruvchilarning pasportidagi amal qilish muddati kamida 6 oy boʻlishi kerak.
Viza siyosati xaritasi
tahrirVizadan ozod qilish
tahrirHarakat erkinligi
tahrirHindiston fuqarolaridan Butanga kirish uchun viza talab etilmaydi, chunki Butan va Hindiston oʻrtasidagi 1949-yilgi shartnoma ikki mamlakat oʻrtasida odamlarning oʻzaro erkin harakatlanishiga imkon beradi. 2022-yil 23-sentyabrdan boshlab ushbu harakat erkinligi Phuentsholing, Gelephu va Samdrup Jongkhar chegara shaharlaridagina sayohat qilish uchun cheklab qoʻyilgan. Ushbu chegara shaharlaridan tashqariga sayohat qilish uchun oldindan ruxsatnomalar kerak boʻladi.
2020-yilning 1-iyulidan boshlab Hindiston, Bangladesh va Maldiv orollaridan tashrif buyuruvchilar Butanga kirishda ruxsat olish uchun bir tunga 1200 BTN miqdorida imtiyozli barqaror rivojlanish toʻlovini toʻlashlari shart etib belgilandi[2].
Hindiston fuqarolari Butanga havo hamda quruqlik yoʻllari orqali kirishdan oldin ruxsat olishlari kerak va Butanga kirish uchun quyida koʻrsatilgan har qanday qabul qilinadigan hujjatlardan foydalanishlari mumkin:
- Hindiston pasporti
- Fotosurati boʻlgan saylovchi ID kartasi
Kelgandan keyin talab qilinadigan viza
tahrirQuyidagi davlatlar fuqarolari Butan hududiga kelganda viza olishlari mumkin[3]:
Diplomatik va rasmiy pasportlar
tahrirQuyidagi davlatlarning diplomatik yoki rasmiy pasportlari egalari kirish portiga yetib kelganlarida vizani olishlari mumkin boʻladi[4]:
|
Elektron viza (e-Visa)
tahrirBoshqa mamlakatlar fuqarolari 90 kun muddatga moʻljallangan elektron vizani mustaqil ravishda olishlari mumkin. Viza uchun toʻlov har bir kishi boshiga 40 AQSh dollari (qaytarilmaydi) miqdorida belgilangan. Viza arizasi 5 ish kuni ichida koʻrib chiqilishi mumkin[5].
Bundan tashqari, elektron viza talabgori kuniga 100 AQSh dollari miqdorida barqaror rivojlanish toʻlovini toʻlashi shart.
Oldindan talab qilinadigan viza
tahrirButanga tashrif buyuruvchi barcha chet elliklar (Bangladesh va Maldiv orollari fuqarolaridan tashqari) viza olishlari kerak, Hindiston fuqarolari esa Butanga tashrif buyurishdan oldin ruxsat olishlari kerak va Butanning faqat Phuntsholing, Gelephu va Samdrup Jongkhar hududlariga quruqlik orqali yoki Paroga havo yoʻli orqali kirishlari mumkin. Agar Hindiston fuqarolarining ruxsat olishi maʼqullansa, ularga vizani rasmiylashtirish xati beriladi va uni kirish portida taqdim etishlari kerak boʻladi. Keyin viza ularning pasportiga muhrlanadi. Har bir turar joy uchun kunlik barqaror rivojlanish toʻlovi (SDF) ham olinadi. Bu barcha chet ellik sayyohlar uchun bu kuniga 100 dollarni tashkil qiladi, Hindiston fuqarolari esa bir kecha uchun 1200 ngultrum yoki hind rupiyasidagi ekvivalent miqdoridagi pulni toʻlaydilar.
Sayohat vaqtida 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar barqaror rivojlanish toʻlovi uchun 50 % imtiyozli chegirmaga ega. 5 yoki undan kichik yoshdagilar esa toʻlovdan ozod qilinadi[6].
Hindiston bilan chegaradosh Butan shaharlariga bir kunlik tashrif buyuruvchilar ham Butan hukumati tomonidan belgilangan nuqtaga yetib borgunlaricha barqaror rivojlanish toʻlovini toʻlashdan ozod qilinadilar[7].
Liberallashtirish boʻyicha takliflar
tahrir2009-yilda Butan hukumati turizm boʻyicha siyosatini qayta koʻrib chiqish uchun McKinsey konsalting kompaniyasini yolladi. McKinsey kompaniyasining turizmni tartibga solishni bekor qilish va cheksiz miqdordagi chet ellik sayyohlarning mamlakatga kirishiga ruxsat berish rejasi Bosh vazir hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan oldin maʼqullangan, biroq keyin mamlakatda keng yoyilgan qarshiliklar tufayli rad etilgan. Kanadalik olim Kent Schroederning soʻzlariga koʻra, „McKinsey tomonidan berilgan liberallashtirish taklifining bekor qilinishi xususiy sektor va fuqarolik jamiyatidagi koʻpchilik uchun muhim gʻalaba boʻldi“[8].
Statistikasi
tahrirButanga kelgan mehmonlarning aksariyati quyidagi mamlakatlardan edi[9]:
No. | Mamlakat yoki hudud | 2019-yil | 2018-yil | 2017-yil | 2016-yil | 2015-yil | 2014-yil | 2013-yil | 2012-yil |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Hindiston | 230,381 | 191,836 | 172,751 | 114,301 | ― | ― | ― | ― |
2 | Bangladesh | 13,016 | 10,450 | 10,536 | 7,753 | ― | ― | ― | ― |
3 | AQSh | 11,707 | 10,561 | 9,220 | 7,292 | 7,137 | 7,291 | 6,997 | 6,102 |
4 | Xitoy | 7,564 | 6,878 | 6,421 | 9,208 | 9,399 | 8,111 | 4,827 | 3,816 |
5 | Singapur | 4,744 | 3,886 | 4,129 | 3,015 | 2,587 | 1,720 | 2,051 | 1,611 |
6 | Birlashgan Qirollik | 4,241 | 3,585 | 3,246 | 3,124 | 2,958 | 2,680 | 2,309 | 2,491 |
7 | Tailand | 4,086 | 3,886 | 4,047 | 4,177 | 3,778 | 12,105 | 3,527 | 3,617 |
8 | Germaniya | 3,375 | 3,422 | 2,970 | 2,297 | 2,498 | 2,971 | 2,770 | 2,895 |
9 | Avstraliya | 3,153 | 2,739 | 2,249 | 1,818 | 1,833 | 2,037 | 2,062 | 1,950 |
10 | Yaponiya | 3,010 | 2,674 | 2,744 | 4,833 | 2,437 | 2,707 | 4,035 | 7,029 |
11 | Malayziya | 2,761 | 3,140 | 2,956 | 1,967 | 1,546 | 2,067 | 2,054 | 1,312 |
12 | Vyetnam | 2,072 | 1,961 | 1,423 | ― | ― | ― | ― | ― |
13 | Fransiya | 1,953 | 1,773 | 1,545 | 1,501 | 1,563 | 1,636 | 1,572 | 1,863 |
14 | Kanada | 1,870 | 1,807 | 1,524 | 1,110 | ― | ― | ― | ― |
15 | Ispaniya | 1,659 | 1,397 | 1,142 | ― | ― | ― | ― | ― |
16 | Tayvan | 1,496 | 1,491 | 1,812 | ― | ― | ― | ― | ― |
17 | Shveysariya | 1,379 | 1,352 | ― | ― | ― | ― | ― | ― |
18 | Italiya | 1,229 | 978 | ― | ― | ― | ― | ― | ― |
19 | Indoneziya | 1,033 | ― | ― | ― | ― | ― | ― | ― |
20 | Niderlandiya | 757 | ― | ― | ― | ― | ― | ― | ― |
Boshqalar | 20,007 | ― | ― | ― | ― | ― | ― | ― | |
Jami | 315,599 | 274,097 | 237,529 | 209,570 | 155,121 | 133,480 | 116,209 | 105,407 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Bhutan revises its tourism policy to redefine High Value Low Volume tourism“. Daily Bhutan. Daily Bhutan. Qaraldi: 2022-yil 23-sentyabr.
- ↑ „Bhutan set to raise SDF to 200 USD“. Daily Bhutan. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
- ↑ „Visa to Bhutan“. Druk Asia. Druk Asia / Tourism Council of Bhutan. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
- ↑ „Do I need a visa to enter Bhutan?“. Tourism Council of Bhutan. Tourism Council of Bhutan.
- ↑ „Bhutan eVisa“.
- ↑ „Passport & Visa to enter Bhutan“. Drukair Singapore. Drukair. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
- ↑ „Frequently Asked Questions“. Tashel. Dept of Immigration Bhutan. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
- ↑ Kent Schroeder, Politics of Gross National Happiness: Governance and Development in Bhutan, Cham (Switzerland): Palgrave Macmillan, 2018, 60-63.
- ↑ „Bhutan Tourism Monitor“. Tourism Council of Bhutan. Tourism Council of Bhutan. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.