Butunjahon hayvonlarni himoya qilish jamiyati
Butunjahon hayvonlarni himoya qilish jamiyati BHHJ (inglizcha: World Animal Protection) hayvonlarni himoya qilish boʻyicha xalqaro notijorat tashkilot boʻlib, 150 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi va oʻz ichiga 900 dan ortiq tashkilotlarni birlashtiradi[1].
Butunjahon hayvonlarni himoya qilish jamiyatining Avstraliya, Braziliya, Kanada, Kolumbiya, Kosta-Rika, Daniya, Germaniya, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Tanzaniya, Tailand, AQSh va Buyuk Britaniya kabi nufuzli davlatlarda 13 ta vakolatxonasi boʻlib, uning asosiy ofisi Londonda joylashgan.
Yaratilish tarixi
tahrirButunjahon hayvonlarni himoya qilish jamiyati 1981-yilda hayvonlarni himoya qilish boʻyicha ikkita jamiyat – 1950-yilda tashkil etilgan Butunjahon hayvonlarni himoya qilish federatsiyasi (WFPA) va 1959-yilda tashkil topgan Hayvonlarni himoya qilish xalqaro jamiyati (ISPA) birlashishi natijasida tashkil etilgan.
Jamiyat siyosati
tahrirButunjahon hayvonlarni himoya qilish jamiyati oʻz maqsadini hayvonlar farovonligi qadrlanadigan va shafqatsizlikka barham berilgan dunyoda koʻradi, Butunjahon hayvonlarni himoya qilish missiyasi hayvonlarni himoya qilish global harakatini yaratishdir.
Kampaniyalar
tahrirButunjahon hayvonlarni himoya qilish tashkiloti tarkibida turli kompaniyalar mavjud boʻlib, ular asosan hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikka qarshi kurashadi, shuningdek, buqalarj angi, ayiq, kit ovlash delfinlarni asirlikda saqlash hamda intensiv chorvachilik kabi shafqatsizlik va gʻayriinsoniy muomala turlariga qarshi individual ish olib boradi[2].
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, mazkur jamiyat (World Animal Protection) qisman ayiqlarni himoya qilish kampaniyalari bilan tanilgan. Ulardan biri 1992-yilda tashkil etilgan Libearty kompaniyasidir. Hozirda Butunjahon hayvonlarni himoya qilish tashkiloti ayiq dehqonchiligi, ularni ov qilish va ,,raqqos" ayiqlarning ekspluatatsiyasiga qarshi kurashmoqda. Bundan tashqari, jamiyat yetim qolgan ayiq bolalarini reabilitatsiya qilish bilan shugʻullanadigan jamoat tashkilotlariga oʻz maslahat va yordamlarini beradi, ularni moliyalashtiradi va ayiqlar saqlanadigan qoʻriqxonalar bilan ham hamkorlik qiladi. Faxr bilan aytish mumkinki, Butunjahon hayvonlarni himoya qilish kampaniyasi tashabbusi bilan bugungi kunda ayiqlarni oʻldirishga qarshi kompaniyalar samarali faoliyat olib borib, bu qonli sport turi Pokistonda toʻxtatilishiga erishilgan.
Bundan tashqari, Butunjahon hayvonlarni himoya qilish jamgʻarmasi hukumat organlariga maslahatlar berib boradi va hayvonlarning farovonligini yaxshilashga qaratilgan qonunchilikni talab qiladi. Uning Birlashgan Millatlar Tashkilotida imzolanadigan Hayvonlar farovonligi toʻgʻrisidagi Butunjahon deklaratsiyasini qabul qilish boʻyicha xalqaro kampaniyasi hayvonlarni hurmat qilish va himoya qilishni taʼminlaydigan bir qator tamoyillarni oʻrnatishni oʻz oldiga maqsad qilib olgan.
Butunjahon hayvonlarni himoya qilish jamiyati shuningdek, hayvonlarni saqlab qolish va gʻamxoʻrlik qilishga bagʻishlangan taʼlim dasturlari, jumladan, veterinarlar, uy hayvonlari egalari va bolalar uchun dasturlar ishlab chiqishni yoʻlga qoʻygan.
Hayvonlarni qutqarish
tahrirButunjahon hayvonlarni himoya qilish jamiyati muammoga duch kelgan hayvonlarga faol yordam beradi. Xususan, tabiiy ofatlar yoki urushlar qurbonlari boʻlgan hayvonlarni qutqarib ularni reabilitatsiya qiladi. Koʻpgina hayvonlar yoʻqolganda yoki egalari vafot etganda uysiz qoladilar va bu hayvonlar koʻpincha oziq-ovqat, boshpana va tibbiy yordamga muhtoj boʻladi. Yovvoyi va qishloq hayvonlari ham koʻpincha tabiiy ofatlarning taʼsiridan aziyat chekadi. Shunday ofatlardan biri Gaitidagi zilzila va 2008-yil Myanmadagi Nargis Sikloni boʻlib, oʻshanda Jahon hayvonlarni himoya qilish tashkiloti boshqa hayvonlarni himoya qilish tashkilotlari bilan birgalikda jabrlangan hayvonlarga boshpana, oziq-ovqat va tibbiy yordam koʻrsatishda ishtirok etgan.
Butunjahon hayvonlarni himoya qilish tashkiloti adashgan mushuklar va itlar uchun mobil sterilizatsiya tibbiy yordam koʻrsatish muassasalarini moliyalashtiradi va qoʻllab-quvvatlaydi. Ayniqsa, adashib qolgan va boshqarish amaliyoti ogʻir boʻlgan yovvoyi hayvonlar mamlakatlarida bu kabi ishlar doimiy amalga oshirilib kelinadi[3]. Jumladan, Lotin Amerikasida mazkur amaliyot keng qoʻllanadi, sababi, otlarga koʻchma shifoxonalar va tibbiy yordam koʻrsatish borasida mazkur hudud aholida hayvonlarni yetarlicha parvarishlash borasida bilim va koʻnikmalar hamda mablagʻlar mavjud emas.
Butunjahon hayvonlarni himoya qilish jamiyati va Jahon mashhurlari
tahrir2009-yil 11-martda britaniyalik qoʻshiqchi Leona Lyuis Butunjahon hayvonlarni himoya qilish jamiyatini qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qilgan. Keyinchalik, 2009-yil 26-oktabrda Leona Lyuis Butunjahon hayvonlar farovonligi deklaratsiyasini targʻib qilish kampaniyasida ishtirok etib, oʻz muxlislariga ushbu jamiyatni qoʻllab-quvvatlashlarini soʻrab videomurojaat yoʻllagan.
Jahon deklaratsiyasi kampaniyasini qoʻllab-quvvatlovchi AQSh yulduzlari:
- Kellan Lats;
- Bruk Shilds
- Kristin Devis
- Kristina Applegate
- Tiffani Tissen;
- Joanna Krupa.
Yana qarang
tahrir- Hayvonlar huquqlari
- Vita
Manbalar
tahrir- ↑ Making Humane Food Choices[sayt ishlamaydi] WomensRadio (ingl.)
- ↑ WSPA steps up farming drive Marketing. 05 July 2006.(ingl.)
- ↑ Animal welfare body revokes Asha Foundationʼs membership The Indian Express. May 03 2010
Havolalar
tahrirVideo kanallar
tahrir- Jahon hayvonlarni himoya qilishAustralia YouTube
- Jahon hayvonlarni himoya qilish Braziliya YouTube
- Butunjahon hayvonlarni himoya qilishKanada YouTube
- Jahon hayvonlarni himoya qilish AQSh YouTube
- Butunjahon hayvonlarni himoya qilish Buyuk Britaniya YouTube
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |